4-mavzu: Matn tahriri va tahlili Asarning tahrirlari


Download 29.32 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi29.32 Kb.
#260837
  1   2   3
Bog'liq
maruza matni (1)


4-MAVZU: Matn tahriri va tahlili

Asarning tahrirlari — muayyan bir asarning muallif tomonidan qayta ko‘rib tuzatilgan, to‘ldirilgan, takomillash tirilgan nusxalari (variantlari). CHunonchi, Alisher Navoiy “Majolis un -n afois” tazkirasini 1491 yilda tuzdi. So‘ng 1497-1498 yillarda asarni yana qaytadan ishlab chiqib, 100 dan ortiq shoir haqida ma’lumot, ko‘plab sh e’riy parchalar, ayrim majlislar oxiriga xotimalar qo‘shdi. Natijada “Majolis un-nafois”ning ikkinchi tahriri yuzaga keldi. SHoirning “Munshaot” asari ham uchta tahririga ega. Dastavval, 1493-1494 yillarda Navoiy o‘z maktublarini to‘plab “Munshaot”ni tuzdi. 1497-1498 yillarda asarni qayta kurib, unga 18 ta yangi maktub qushdi. 1500 yilda esa buyuk shoir “Munsh aot”ni yana 20 ta maktub bilan tuldirdi. SHunday qilib, “M unshaot” N avoiy qalami bilan uch tahrirga ega buldi. Navoiy o‘z asarlari ustida qayta-qayta ishlab, qator tahririy va matniy ishlarni amalga oshirdi. Navoiy XV asrning 90-yillarida “Xazoyin ul-m aoniy”ni tuzar ekan, dastlabki devonlari “Badoyi’ ul-bidoya” va “Navodir un- nihoya”ga kiritgan she’rlarini qaytadan ko‘rib chiqadi. Ko‘pchilik she’rlarni g‘oyaviy jihatdan kuchaytirib, yangi suzlarga almashtiradi; qofiya, radif va bosh qa san’atlarni badiiy jihatdan sayqallaydi. Masalan, Navoiy uzi tartib bergan birinchi devoni — “Badoyi’ ul-bidoya”dagi:

YOsh ung‘on emish qaro bulutqa mohim,

Gardunni sovurmog‘lig‘ erur dilxohim.

Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,

N evchun qaro qilmasun falakni ohim.

ruboiysini keyinchalik tuzgan l i r i k kulliyoti- “Xazoyin ul -maoniy ”ga:



YOsh ung‘on emish qaro bulutqa mohim,

Gardunni sovurmog‘liq erur dilxohim.

Kirmish qaro tufroqqa quyosh dek mohim,

Nevchun qaro qilm asun quyoshni ohim.

tarzi da kiritadi.

Quyoshning butun borliqni yoritib turuvchi manba’ ekanligini, basharti u xiralansa, butun olam, shu jumladan, osmon (falak) ham qorong‘ulanish ini nazarda tutib, N avoiy “falakni ” suzini “quyoshni ” suziga almash tirgan.

N avoiy 1495-1498 yillar orasida uzi tasnif etgan kulliyotiga “Layli va Maj nun ” dostonini ham ba’zi urinlariga tahririy uzgartirishlar qilgan holda kiritadi. CHunonchi:



Layliki, uy ichra tutti taskin,

Hajr anduhidin kup o‘ldi g‘amgin.

baytining ikkinchi misrasini



Hijron damidin ko‘p o‘ldi gamgin.

tarzida o‘zgartirgan.

“Anduh” so‘zining ma’nosi gam, qayg‘udir. SHunday bo‘lgach, “hijron ” g‘amidan g‘amgin bo‘ldi” deyishni mantiqan noma’qul bilgan Navoiy ana shunday o‘zgartirish qilish ni lozim topgan.

XX asrda adabiyotshunoslikning rivojlanishi bilan matnshunoslik ham qator tekshirish uslublariga ega buldi. Bular orasida ko‘pchilik olimlar tomonidan ma’qullangani tarixiy-qiyosiy uslubdir. Asarning matnini tuzishda, yuqorida aytganimizdek, nusxaning oz va ko‘pligi juda katta rol o‘ynaydi. Matnni boshdan oyoq tiklab chiqishda tushib qolgan o‘rinlar, parchalar, so‘zlar, qo‘shimchalarni joy-joyiga qo‘yish bilan birgalikda, asar mazmunining mantiqan yaxlitligi, goyaviy va badiiy jihatdan to‘triligini ko‘rsatib berish birinchi o‘rinda turadi. Agar muayyan asar faqat bir nusxadagina bo‘lsa etib kelgan, uning ham tanqidiy matni tuziladi. Bunda mazkur asar yaratilgan davrdagi tarixiy ma’lumotlar bilan qiyoslanadi. SHu davrda boshqa mualliflar tomonidan yozilgan asarlar ayrim hollarda qiyoslashga jalb etiladi. SHu asosda yagona nusxaga ega bo‘lgan asarning ishonchli matni tiklanadi. Ayrim mualliflarning faqat dastxat nusxada etib kelgan asarlarini tiklashda ham yuqoridagi uslubdan foydalaniladi.

XX asrning ikkinchi yarmida matsh unoslik sohasidagi asosiy tadqiqotlar Alisher Navoiy asarlari ustida olib borilganligi va ilmiy-tanqidiy matnlarni nashr etilganligi uchun quyida Navoiy asarlaridan bir necha misol keltiramiz. Ilmiy- tanqidiy matn tuzishda vazn va qofiya talablariga ham jiddiy e’tibor beriladi. Bunda muallif vazn va qofiya talabi bilan ayrim so‘zlarni biroz o‘zgartirib yozgan bo‘lsa ham, aslini qoldirishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, N avoiy “Farhod va SHirin ” dostonidagi quyidagi baytda “ko‘mir” so‘zini vaznga muvofiq “kemur” deb yozadi. YA’ni:

Kemur tomu dam anda subhidam bil,

SHihob ul ko‘radin chiqqan alam bil.

Mazkur baytda Navoiy o‘zb ek tilidagi “ko‘mir” so‘zini vazn taqozosi bilan “kemur” shaklida qo‘llash ni lozim topgan. SH unga o‘xsh ash yan a bir misol, Navoiy “Sab’ai sayyor ” dostonining oxirida sayyora so‘zini “tayyor ” so‘ziga qofiya qilib, “sayyor ” sh aklida qo‘llaydi va hokazo.

Garchi mazkur o‘rinda shoir qofiya talabi bilan dostonning nomida “sayyora” so‘zini “tayyor ” so‘ziga qofiya qilib “sa y yo r ” shaklida ishlatgan bo‘lsa ham, boshqa asarlarida, chunonchi, “Muhokamat ul-lugatayn”da o‘zi yozgan asarlarini sanab o‘tar ekan, ushbu doston nomini “Sab’ai sayyora" deb tilga oladi. Navoiy merosining ilm iy-tanqidiy matnlarini tuzish ishlari 1940 yildan boshlandi. Urushdan keyin bu sohadagi ishlar j onlanib ketdi.

Alisher Navoiyning uzbek tilidagi maktublari jamlangan asarining nomi. Alisher Navoiy “Munshaot” muqaddimasida uzbek tilida maktub yaratish uslubi shakllanmaganligi va bunga o‘zi birinchi bo‘lib qo‘l urganligini aytadi. U “Munshaot”ni uch marta tuzgan, har bir ko‘zdan kechirishda tahrirdan o‘tkazib, yangi maktublar bilan to‘ldirib borgan. Agar “Munshaot"ning birinchi tahririda 66 maktub kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tahrirda 88 ta maktub, uchinchi — eng so‘nggi tahririda esa maktublar soni 106 ga etdi.

Takmil — avval yozilgan asarni muallif tomonidan qayta ishlab, tuldirib, takomillash tirib, kamolga etkazish, uzil -kesil tahrirdan chiqarish

Tahrir — 1. YOzish, asar yozish . 2. Bir asarning muallif tomonidan turli yillarda yozilgan bir necha varianta.M asalan, Alisher N avoiy “M aj olis u n -n af o i s” asarining ikki tahriri ma’lum. “M aj olis u n -n af o i s” birinchi marta 1490-1491 yillarda yozilgan va sh oirlar soni 349 ta bulgan. N avoiy asarining ush bu nusxasini 1497-1498 yillarda qayta ishlab takomillashtirdi: har bir majlis oxiriga xotima yozdi, sakkizinchi majlisni deyarli qayta ishlab, Husayn Boyqaro sh e’riyatidan tahlilni 82 baytdan 164 baytga etkazdi, uchinchi va turtinchi majlisga 110 ga yaqin shoirning maqolalari va boshqa tuldirish larni kiritdi. SH unday qilib, “M aj olis u n -n af o i s”ning keyingi tahririda sh oirlar soni 459 ta (ba’zi nusxalarda 461 ta)ga etdi. SH oir“M unsh aot” asarini ham uch marta tahrir qilgan. Har bir tahrirda asarga yangi maktublar kiritib, tuldirib borgan.

Matnning taxrir varianti (kurinishi). Tahrir varianti deb matnning muallif yoki boshqa shaxs tomonidan atayin qayta ishlangan nusxasiga aytamiz. Matnning qayta ishlanishiga asarning goyaviy mazmuni, badiiy shakli, uslubi, faktik materiallaridan ayrimlarini chiqarib tashlash, qushish yoki o‘zgartirish zarurati sabab buladi.

Masalan, Abu Mansur as-Saolibiy (961—1038)ga shuxrat keltirgan «YAtimat ad-daxr fi maxosin axl al-asr» («Asr axlining fozillari xaxida zamonasining durdonasi») tazkirasi asar muxaddimasida yozilishicha 384 yil x.(994-95)da yozila boshlagan. Keyinroq borib, muallif kitobiga yangi ma’lumotlar kiritib uni 1020 yillarda qayta yaratgan13.

Jumladan, Navoiyning «Majolis un-nafois» asari birinchi marta 1491 yil, ikkinchi marta 1498 yil yozilgan. Bu asar matni tadxixotchisi S. G‘anievaning fikricha, «Majolis un-nafois» asari ikkinchi taxrir variantining yuziga kelishiga quyidagi xolatlar sabab bulgan:

ijtimoiy muxitida Xusayn Bayxoro obrusini yanada kutarish uchun keyingi nusxada S. Xusaynga bagishlangan 8 -majlisni qayta ishlagan, uning ijodidan namunalarini kupaytirgan;

Adabiy jarayonni sinchiklab kuzatib borgan Alisher Navoiy yangi kirib kelayotgan yosh kuchlarga aloxida e’tibor bilan qaragan va nusxani yangi nomlar bilan boyitgan.


  • 1492 yil 8 noyabrda vafot etgan Jomiy nomi bilan boshlanadigan 3-majlis xotimasi shu munosabat bilan ayrim uzgarishga yuz tutdi.

  • 23 mashxadlik shoir qaxida ma’lumot tuplab kiritilgan .

Matndagi tuzatishlarning kup ekanligi xamma vaqt yangi taxrir variantining alomati bulavermaydi. SHu bilan birga matndagi tuzatishlar miqdor jixatdan uncha kup bulmasa-da, mazmun jixatdan yaxshigina uzgarishga yuz tutgan bulsa, uni yangi taxrir varianti deb xabul xilishga tugri keladi.

Agar matn ma’lum maxsadni kuzlab qayta ishlanmagan bulsa, taxrir varianti xaqida gap bulishi mumkin emas (CHunonchi, matnning bir qismi yuqolgan, yoki uzoq yillar davomida qayta kuchirilaverib til xususiyatlari uzgarib borgan bulsa).



Matnning til varianti. Til varianti deganda matnning stixiyali tarzda (atayin emas) biror muhit, joy yoki yurtda kup marta kuchirilib, yozilishi natijasida usha muxit til xususiyatlariga kura boshqa nusxalardan farq qiladigan qulyozmalarini tushunamiz.

Ular qulyozmalarning muayyan bir turkumini tashkil qiladi (tatar, uygur, ozorbayjon, xorazm va x.k.). SHu jixatdan qulimizga tushgan qulyozmani taxrir variantimi, til variantimi ekanini aniqlash birmuncha oson.




Download 29.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling