Kitob taxtlamini maxkamlash usullari


Download 22.33 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1469183
  1   2   3   4
Bog'liq
Robiya. muqovalash--15--


KITOB TAXTLAMINI MAXKAMLASH USULLARI.
REJA:

  1. Kitob taxtlamlari haqida.

  2. Kitobni nashrga tayyorlash usullari.

  3. Kitob taxtlamlarini maxkamlash.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Nashriyot ishi. Nashriyotga kelib tushgan qo‘lyozmalar muharrir tomonidan tahrir qilinadi. Muharrir muallifga yozma shaklda asar yuzasidan tavsiyalarini bayon etadi. Bir kunda o‘rtacha 16 sahifa qo‘lyozma tahrirdan o‘tadi.
Matn kitob sahifalariga joylashtirib chiqilgach, tekshirish uchun musahhihga beriladi. Bir kunda 60-70 betgacha matn sahifalanadi. Musahhih matnni tahrirdan o‘tkazadi va sahifalovchiga qayta topshiradi. Xatolar kanchalik ko‘p bo‘lsa, bu holat 2-3 marta va undan ham ko‘p marotaba takrorlanishi mumkin.
Kitob muqovasi dizayni ustida ham ishlanadi. Rassom muallif bilan maslahatlashib, asarni o‘qib chiqqan holda o‘ziga xos dizaynni ishlab chiqadi. Ushbu jarayonga o‘rtacha 1-2 hafta vaqt sarflanadi. Umumiy qilib aytganda, nashriyot bilan bog‘liq bosqich o‘rtacha 1 oy davom etadi.
2.Qolip tayyorlash. Nashriyot tayyor ishni fayl ko‘rinishida taqdim etadi. Qolip tayyorlash uskunasi kitobning maxsus qolipini chiqarib beradi. Qolip, asosan, sariq, ko‘k, qora va qizil rangda chiqariladi. Uskuna har 5 daqiqada bitta, bir kunda esa 150ta qolip tayyorlay oladi.
3.Chop etish. Har soatda 10 ming bet qog‘oz chop etiladi. Bir kunlik ish hajmi 80-100 ming betni tashkil etadi.
4.Kitob yig‘ish. Bu bosqichda kitob sahifalarga ajratilib, kesiladi. Sahifalar birlashtiriladi. Sahifalar orasiga havo kirmasligi uchun ustidan bosib chiqiladi va bog‘lanadi. Kitobning birinchi va oxirgi qismi yelimlanadi
5. Kitob sahifalarini birlashtirish. Birinchi va oxirgi qismi yelimlangan kitob sahifalari yaxlit qilib birlashtiriladi.
6. Kitob tikish. Maxsus raqamlangan sahifalar tikuv uskunasi yordamida tikib chiqiladi.

Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling