4. Mavzu: Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Favqulodda vaziyatlar (FV) to‘g‘risida umumiy tushuncha. Reja
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar kiradi
Download 38.42 Kb.
|
4-Ma\'ruza
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir korxonadagi kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi mehnatni muhofaza qilish masalalarini kuzatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanib, u baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma’muriyati tomonidan to‘g‘ri olib borilayotganini kuzatib boradi, o‘lim bilan tugagan va baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashadi va unga talluqli ma’lumotlarni tekshirish organlariga yuboradi. Yangi uskuna va yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanishga topshirish davlat qabul komissiyasining a’zosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati. Bu nazorat kon ma’dan sanoati, neft qazib chiqarish, metallurgiya, geologiya-qidiruv, 70 kPa dan ortiq bosimda ishlovchi bug‘ qozonlari va idishlari, 115 °C dan ortiq haroratdagi suv isitish qozonlari, bug‘ va issiq suv o‘tkazish quvurlari, yuk ko‘tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yo‘llar ishlarini nazorat qiladi. Shuningdek, yangi uskuna va korxonalarni foydalanishga topshirishda davlat komissiyasi qatorida va korxonada yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashadi. Sanitar nazorati. Davlat sanitar nazorati O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Uning zimmasiga tashqi muhitning (suv, havo, tuproq) sanoat chiqindilari bilan ifloslanmasligini kuzatib borish, sanoat korxonalaridagi sanitariya-gigiena holatni va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklatilgan. Energetika nazorati. Davlat energetika nazorati energetika va elektirlashtirish sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bu nazorat elektr va issiqlik qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanishni kuzatish va ularning xafvsiz ishlatilishini taminlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini kuzatib boradi. 5. Yong‘inga qarshi kurash nazorati. Yong‘in xavfsizligi nazorati Respublika ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi va mahalliy orgalarlar tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy boshqaruv organlari va yong‘indan muhofaza qilish bo‘limlari hamda yong‘inga qarshi kurashuvchi qismlar, o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’ektlarida yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong‘inga qarshi kurash olib boruvchi xizmatchilarning tayyorgarligini, korxonadagi yong‘inni o‘chirish vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini loyihalanganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo‘li bilan nazorat olib boradi. 6. Jamoat nazorati. Bu nazorat mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi norma hamda qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Shuningdek, korxonadagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini, kasb kasalliklari kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlar (ishlab chiqarish jihozlari va qurilmalarining sozlanganligini, ishchilarning maxsus kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut va sovun bilan ta’minlanganligini, ish kuni soatlari, dam olish kuni va mehnat ta’tillarining o‘z vaqtida berilishi, tanaffuslar, ayollar va o‘smirlar mehnatidan to‘g‘ri foydalanish)ni qanday amalga oshirilayotganini nazorat qiladi. Download 38.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling