4. Mavzu: Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Favqulodda vaziyatlar (FV) to‘g‘risida umumiy tushuncha. Reja


Sanoatda jarohatlanish sabablarining tahlili


Download 38.42 Kb.
bet4/7
Sana23.01.2023
Hajmi38.42 Kb.
#1113764
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Sanoatda jarohatlanish sabablarining tahlili.
Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz hodisalarning aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun ishchining ish sharoitida ishlash sharoitini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash lozim:
1. Tashkiliy sabablar. Bularga sanoat korxonasini loyihalash vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz ishlash usullariga kiritilmaganligi, yo‘riqnomaning noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, ishchilar mehnatidan mutaxassisligi bo‘yicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish texnik nazoratining texnologik jarayonlarning buzilishi, ish joylarni noqulay rejalashtirish, ish vaqtini noto‘g‘ri tashkil qilish, nobop ish qurollaridan foydalanish, xavf haqida tushuntiruvchi plakatlarning bo‘lmasligi va boshqalar kiradi.
2. Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar harakatlanuvchi va yuk ko‘taruvchi qismlarining konstruktiv kamchiliklari, mashina va mexanizmlar ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, to‘siq qurilmalari va saqlovchi vositalarning puxta ishlamasligi.
3. Sanitariya-gigienik sabablar. Ob-havo sharoitining qoniqarsiz bo‘lishi, korxonalardagi havo muxitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o‘tish joylarining oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish va sanitariya-gigienik xonalarning etarli emasligi, ularning sanitariya- gigiena talablariga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik.
4. Psixofiziologik sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ishxonada, jamoa o‘rtasidagi kelishmovchilik va hokazolar.
Bu sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi zarur, ularni amalga oshirish esa ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay yo‘qolishiga yoki kamayishiga olib kelishi kerak.
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa bu jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanish 3turga bo‘linadi:

1.Ishlab chiqarishda, ish joyida (ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida, tsexda, zavod hududida, yukni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olingan) jarohatlanish.
2.Ish joyiga bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (ishga borib kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan) jarohatlanish.
3.Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan (mast bo‘lish natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlarda olingan) jarohatlanish.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish loylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Zaharli moddalar nafas olish, ovqat hazm qilish yoki teri orqali inson organizmiga kiradi.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi va u kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar (kesson yoki tog‘ kasalligi, pnevmokonioz, dermatit) kiradi.

Download 38.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling