4. Mavzu: Mehnatni muhofaza qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Favqulodda vaziyatlar (FV) to‘g‘risida umumiy tushuncha. Reja


Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo‘riqnomalarini buzganlik uchun javobgarlik 3 ga bo‘linadi


Download 38.42 Kb.
bet3/7
Sana23.01.2023
Hajmi38.42 Kb.
#1113764
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo‘riqnomalarini buzganlik uchun javobgarlik 3 ga bo‘linadi:

  1. Intizomiy javobgarlik

  2. Jinoiy javobgarlik

  3. Moddiy javobgarlik

Hozirgi zamon fan va texnikasining o‘sishi, yangi texnologiya va mashina- mexanizmlarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo‘lishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta’minlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanomalar, qoida va me’yorlar ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo‘qolib ketishini ta’minlovchi sharoit mavjud emas. Shuning uchun har bir korxona o‘zi uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yo‘riqnomalar (instruktaj) tizimini tashkil qilib, u ishchilar xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora- tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Yo‘riqnomalar asosan 5 guruhga bo‘linadi:

  1. Kirish yo‘riqnomasi. Ishga yangi kirayotganlar uchun o‘tkaziladi.

  2. Ish joyidagi yo‘riqnoma. Ishga yangi kirgan, bir ishdan ikkinchi ishga o‘tkazilgan, bir mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o‘tkazilgan ishchi garchi vaqtincha bo‘lsa-da, ish joyidagi yo‘riqnomadan o‘tkazilishi shart.

  3. Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Bu yo‘nqnoma o‘tkazish vaqtini korxona kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishgan holda korxona rahbari belgilaydi. Yo‘riqnoma ish staji, malakasi, razryadidan qat’iy nazar, hamma ishchilarda o‘tkazilishi shart.

  4. Rejada tashqari yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnoma texnologik jarayonning o‘zgarishi, yangi mashina va stanoklar kiritilishi, yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o‘zgarishi munosabati bilan ishchilarning mehnat xavfsizligini saqlash borasida bilimlari etishmagan hollarda o‘tkazilishi mumkin.

  5. Kundalik yo‘riqnoma. Kundalik ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ishlar uchun ish boshlashdan oldin o‘tkaziladi. Bu yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumot kundalik ruxsatnomaga yozib qo‘yiladi.

Sanoat korxonalarining hammasida ish toifasi va xavflilik darajasi qanday bo‘lishiga qaramay, barcha ishchi va xizmatchilar ishlash davri, mutaxassisligi va malakasidan qat’iy nazar, yo‘riqnomadan o‘tishlari shart.



Download 38.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling