4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat
Nizolarni hal qilishda ayrim amaliy maslahatlar
Download 25.53 Kb.
|
8HyKBLwDSySD0w88nYs6jCTsoN1FQ9M3CxoyfUBK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deyl Karnegi
- Nazorat savollari
Nizolarni hal qilishda ayrim amaliy maslahatlar
Real xayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko‘ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan insonlarning unga nisbatan sub’ektiv munosabatlariga bog‘lik bo‘ladi. Shuning uchun ham har qanday nizoli, ziddiyatli xolatlarda unga aloqador bo‘lib qolgan insonlar quyidagi qoidalarni yodda tutishlari lozim: 1. Nizoli vaziyatda aql emas, balki hissiyotlar ustun bo‘lishini unutmang, hissiyotlar esa odamning jahli chiqib, akli ketib qolishiga turtki bo‘ladi va u o‘z xatti-harakatlari va gapirayotgan so‘zlarini nazorat qilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan shu qilgan ishingiz uchun o‘zingiz qattiq aziyat chekib, xijolat bo‘lib qolishingiz mumkin. Shu bois ham ishdami, oiladami yoki jamoatchilik joylaridami odamlar bilan muloqot qilganda, ularning insoniy nafsoniyatiga tegadigan, sha’ni va oriyatiga tegib ketadigan muloxazalardan o‘zingizni saqlang, o‘zingizni o‘zgalardan ustun qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling, kamtarlik shioringiz bo‘lsin. 2. O‘zgalar bilan muomalada ularning xurmatini joyiga qo‘yib, so‘zlashishning yumshoq maromini tanlang. Masalan, “Kechirasiz..”, “Sizdan minnatdor bo‘lardim, agar...”, “Sizga malol kelmaydimi?” kabi iboralarni ishlatish odatiga Sizga nima sababdandir yomon munosabatda bo‘layotgan insonni ham yumshatadi. Undagi salbiy xislarning junbushga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. 3. Ish faoliyat bilan bog‘liq munozaralarda agar suhbat taranglashib borayotgan bo‘lsa, ikkala tomonning manfaati to‘g‘risida emas, asl masalaning, muammoning mohiyati xususida kechishiga e’tibor berib, xolis faktlarga ko‘prok urg‘u bering. Imkon boricha suxbatdoshni tinglashga intiling, zero, tinglay olish mahorati sizning yaxshi suhbatdosh ekanligingizning muhim ko‘rsatgichidir. Bu urinda Deyl Karnegi kabi muloqot ustalarining tajribasini eslang. 4. Har qanday masala xususida uning yechimi yagona bo‘lmasligini unutmang, chunki barcha xolatlarda qiyin vaziyatdan chiqishning bir qator usullari, yo‘llari bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun Sizning fikringizga zidrok kelayotgan fikrni suxbatdoshdan eshitganingizda, “Balki men hato qilayotgandirman” deb, uning fikrlash tarzidagi to‘g‘ri mulohazalarni taxdil qiling, suxbatdosh fikridagi ijobiy va salbiy jixatlarni ajrating, ularning real oqibatlariga baho berib ko‘ring. Bunday xolatlarda hech bo‘lmaganda “Men Sizning fikringizga to‘liq ko‘shilmasamda, bergan taklifingizni albatta o‘ylab ko‘raman, menga biroz imkon bering” desangiz olam guliston! 5. Nizoli vaziyatning hal bo‘lishining o‘zingiz uchun manfaatli tomonlarini anglang va o‘zingizga shunday savol bering: “Agar yechim topilmasa, nima bo‘ladi?”. Bunday munosabat nizoni shaxslararo munosabatlardan muammoning yechimiga ko‘chirilishiga turtki bo‘ladi. 6. Agar suxbatdosh ikkalangiz ham achchiqlanib turgan bo‘lsangiz va ish urushib qolishgacha borib yetayotganligini anglasangiz, o‘zingizdagi ichki tanglikni, “zarda”ni chiqarib yuborishga harakat qiling. Chunki agar achchigingizni tashqariga chiqarsangiz, bu u tomonning ham kaynab ketishiga sabab bo‘lib, vaziyatni nazorat qilib bo‘lmay koladi. Eng yaxshisi, o‘zingizni tiyib, gapirishdan to‘xtang, mayli suxbatdoshingiz ichidagi to‘kib solaversin, undagi jaxl va salbiy xissiyotlarni betiga aytishdan o‘zingizni tiying, kelgusida uning shunday vajoxatga tushishi mumkinligini unutmang. 7. Siz bilan urushib qolgan odamning ham qandaydir fazilatlari, yaxshi sifatlari borligini unutmang va diqqatingizni ana shu jihatlarga qarating. 8. Suhbatdoshingizga sizning o‘rningizga turib, masalani hal qilish yo‘lini o‘ylashga chorlang, masalan, unga taxminan shunday murojaat qiling: “Meni o‘rnimda bo‘lganingizda Siz, nima qilgan bo‘lar edingiz?” Bunday murojaat suhbatdoshni hissiyotlardan real vaziyatni xolis baholash makomiga utishiga asos bo‘ladi va unda tanqidiy ruhni biroz bo‘lsa-da, yumshatadi. 9. Suhbatdosh oldidagi afzalliklaringiz, xizmatlaringizni minnat qilib, xaspushlamang. Sodir bo‘lgan nizoli vaziyat va voqeaning sababchisi faqat suxbatdoshingiz ekanligi fikridan qayting. 10. Paydo bo‘lgan ziddiyat qanday hal bo‘lishidan qat’iy nazar, shu inson bilan batamom munosabatlarni o‘zil-kesil o‘zib tashlamang, Shu kabi vaziyatlar turli faoliyat jabxalarida uchrashi mumkin, yukoridagi qoidalarni unutmaslik insonning o‘ziga, salomatligiga, odamlar orasidagi obro‘siga bevosita aloqador ekanligini, yashash ba’zan ziddiyat va nizolar bilan yanada yaxshi bo‘lishini hech kim unutmasligi kerak. Nazorat savollari: Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari. O‘zaro foydali bo‘lgan qarorlar qabul qilish va nizolarni bartaraf qilish yo‘lidagi amaliy qadamlar. Nizolarni hal qilishda ayrim amaliy maslahatlar. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling