4-mavzu: nutqning asosiy sifatlari reja: Madaniy nutqqa xos sifatlar. Aniqlik – nutqning asosiy sifati


Download 186.5 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi186.5 Kb.
#253615
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu muloqot

Shevaga xos so‘zlarhududiy jihatdan cheklangan, alohida shevalarning lug‘at boyligi tarkibiga kiruvchi, faqat o‘sha joyning aholisigagina tushunarli bo‘lgan so‘zlar.

Jargon (frans. jargon – safsata) – biror ijtimoiy guruhning o‘ziga xos leksikasi, fonetikasi va grammatikasi bilan umum so‘zlashuv tili va mahalliy dialektlardan farq qiladigan tili. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi va shular manfaatiga xizmat qiladi (masalan: talabalar, harbiylar, haydovchilar, o‘g‘rilar orasidagi jargon). Bunday jargonlarni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon ham leksik, ham uslubiy jihatdan turli-tuman, tez o‘zgaruvchan, barqaror bo‘lmaydi. Masalan, yoshlar orasida «ketdim» o‘rnida «sirpandim», «pul» o‘rnida «soqqa», «dollar» o‘rnida «ko‘ki»; san’atkorlar orasida «xizmat uchun haq olmaslik» o‘rnida «tom suvoq», «pul» o‘rnida «yakan» va hokazo jargonlar uchraydi. Jargon badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi. Jargonlar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yig‘iladigan joylarda (masalan, chegara, portlarda) ham paydo bo‘ladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan bo‘lsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli bo‘ladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozosiga ko‘ra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga xizmat qiladi.


Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling