Pleonazm – jumla tarkibida ortiqcha so‘zlarning bo‘lishi. Masalan, «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirildiki, bu mahallalar ish faoliyatining yaxshilanilishida muhim omil bo‘ldi» jumlasida «ta’minlash borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirildi» so‘zlari ortiqcha bo‘lib, «adabiyotlar bilan ta’minlandi» deyishning o‘zi kifoya.
So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolar. So‘zning noto‘g‘ri qo‘llanishi jumlaning umumiy mazmuniga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Misol uchun «Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ijtimoiy xizmatga olingan 17,6 mingdan ziyod yolg‘iz keksa sog‘lomlashtirildi» gapida xizmat so‘zining noo‘rin qo‘llanishi natijasida keksalar xizmatga olingan degan ma’no kelib chiqqan. «Hashar davomida 1700 tup ko‘chat o‘tkazildi» jumlasida ajratilga so‘z aslida «o‘tqazildi» tarzida ishlatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |