Abstraksionizm – uzun jumlalardan foydalanish.
Tadqiqotchilarning fikricha, jumla o‘rtacha 8-14 so‘zdan iborat bo‘lgandagina o‘quvchi uni yaxshi o‘zlashtiradi. Qolaversa, tajribali notiqlar xoh yozma, xoh og‘zaki shaklda bo‘lsin, ko‘proq sodda gaplardan foydalanishni maslahat berishadi. Biroq ko‘pchilik rasmiy nashrlar, qonun hujjatlari va boshqa yuridik matnlarga asosan qo‘shma va murakkab-qo‘shma gaplarni qo‘llash xosdir.
Abstraksionizm yana bir salbiy holat – tavtologiyani vujudga keltiradi.
Tavtologiya – jumla tarkibida bir xil yoki o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi.
Qaytariqlarni nafaqat qo‘shma gaplarda, balki sodda yoyiq gaplarda ham kuzatish mumkin. Bu holat o‘quvchi yoki tinglovchini zeriktiradi, notiqning so‘z boyligi haqida salbiy taassurot qoldiradi.
Sinonimlardan foydalanmaslik u yoki bu so‘zning ko‘p takrorlanishi, pirovardida nutq ichki leksikonining haminqadar bo‘lishiga olib keladi.
Klishe – haddan tashqari ko‘p qo‘llanadigan gaplar, fikrning tayyor qoliplari.
Milliy matbuotimiz sahifalarida bu holatga doir ko‘plab misollarni uchratish mumkin. Hozir me’yordan ortiq, ba’zi joylarda mutlaq noo‘rin, biroq avtomatik tarzda qo‘llanadigan klishe-so‘zlar lug‘ati shakllangan. Ularning sirasiga «islohot», «tadbir», «modernizatsiya», «rekonstruksiya» singarilarni kiritish mumkin. Nafaqat so‘zlar, balki muayyan so‘z birikmalari ham klishe tusiga kirgan. Jumladan, «zarur chora-tadbirlar», «keng ko‘lamli islohotlar», «izchil ishlar», «qimmatbaho sovg‘alar», «qiziqarli ma’ruzalar» va boshqalar. Vaholanki, yuqoridagi so‘z va so‘z birikmalarining o‘nlab sinonimik variantlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |