4-Mavzu. О‘zbekiston Respublikasi banklarida mhxslari


Moliyaviy hisobot elementlarini tan olish


Download 120 Kb.
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi120 Kb.
#1806433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu.

3. Moliyaviy hisobot elementlarini tan olish
Tan olish - bu quyida keltirilgan elementlami tan olish mezoniga javob beradigan moddalardan birini «Balans hisoboti» yoki «Foyda va zararlar to‘g‘risida»gi hisobotga kiritishdir. Tan olish - moddani so‘z bilan ifodalash va uning pul qiymatida aks ettirish, shuningdek, ushbu summani balans va «Foyda va zararlar to‘g‘risida»gi hisobotda aks ettirishdir. Tan olish mezoniga javob bemvchi summani balans va «Foyda va zararlar to‘g‘risida»gi hisobotda tan olinishi zarur. Tan olinmagan moddalar hisob siyosatining yoritilishi, ilovalar va tushuntirish materiallarida aks ettirilmaydi.
Element tahifiga mos bofigan modda quyidagi mezonlarga rioya qilinganda tan olinishi kerak:
a) modda bilan bog‘Iangan har qanday kutilayotgan naf korxona tomonidan olinishi yoki yo'qotilishi ehtimoli mavjud bo‘Iishi kerak;
b) modda pul qiymatida o‘ichash uchun maqbul ^osga ega bo‘iishi va korxona uchun ahamiyatli bo‘Iishi kerak.
Kutilayotgan naf olinishi ehtimoli. Kutilayotgan daromad oiinishi ehtimoli tushunchasidan modda bilan bog‘langan har qanday kutilayotgan daromad korxona tomonidan olinishi yoki yo‘qotilishini ehtimollik darajasini aniqlashda foydalaniladi. Ushbu tushuncha bank ishlayotgan muhitni tavsiflaydigan noaniqlikni ifodalaydi. Kelgusi daromadlarga oid noaniqliklami baholash darajasi moliyaviy hisobot tuzilishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida amalga oshiriladi. Masalan, bankning debitorlik qarzi to‘lanishi ehtimoli paydo bo‘lganda teskari dalillar bo‘lmasa, ushbu debitorlik qarzlami aktiv sifatida tan olish 0‘rinli hisoblanadi. Biroq katta hajmdagi debitorlik qarzlar uchun esa, ma’lum qismi qaytarilmasligi ehtimoli mavjud, shuning uchun iqtisodiy naflami kutilayotgan kamayishini tasvirlaydigan xarajat tan olinadi.
O'lchash mezonlari. 0‘lchash yoki hisoblash mezonlari to‘rtta miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanadi va tegishli tartibda hisobga olingan moddalar tushunarliligi, ahamiyatliligi, ishonchliligi va shxmingdek, taqqoslanuvchanligi bilan farq qiladi deb faraz qilinadi:
1. Elementning aniqlanishi. Modda moliyaviy hisobotning elementi ta’rifiga mos kelishi lozim.
2. 0‘lchanuvchanlik. Modda aniq o‘Ichanishi mumkin bo‘lgan mos keluvchi alomat (tavsif)ga ega.
3. Dolzarblik. Moddada mavjud bo‘lgan ma'lumotlar foydala- nuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir etishga qodir.
4. IshonchliliL Moddada mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ishonchli, betaraf va tekshirish qobiliyatiga ega hisoblanadi.



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling