4-Mavzu. О‘zbekiston Respublikasi banklarida mhxslari


Download 120 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi120 Kb.
#1806433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu.

Hisobvaraq raqamlari







Aktivlar







Passivlar (majbttriyatlar+ kapital)




Aktivlar likvidlilik darajasining pasayib borishi tartibida, majburiyatlar esa to‘lov muddatining kamayib borishi tartibida va kapital jamlanishining kamayib borishi tartibida guruhlangan.Balans muayyan sana bilan aks ettirilishi kerak. Masalan, «2014- yil 31-dekabr». Bunga qarama-qarshi «Foyda va zararlar to‘g‘risida»gi hisobotda esa muayyan vaqt davrini aks ettirish uchun sana qo‘yiladi, masalan. «2014-yil uchun».
Endi balans aktivlari, majburiyatlari va kapital bo‘limIarining tavsifini ko‘rib chiqamiz.
Aktivlar - kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutiladigan, o‘tib ketgan davrlardagi hodisalar natijasida vujudga kelgan va bank yoki korxona nazoratida bo‘lgan resurslardir.
Aktivlar uch asosiy tavsifga ega bo‘lib, ular quyidagilar:
- kelgusi iqtisodiy nafiii, ya’ni pul mablag‘lari yoki ulaming ekvivalentlarining oqimiga bevosita va bilvosita kiritilgan imkoniyat- lami o‘z ichiga oladi;
- kelgusida olinadigan ushbu iqtisodiy naflarga bank tomonidan nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak;
- bajarilgan xizmat yoki boshqa hodisalaming natijasi hisoblanadi.
1-sonli Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standartlariga muvofiq
aktivlar quyidagi holatlarda qisqa muddatli aktiv sifatida turkumlanadi;
1. Aktivni operatsion siklning odatiy sharoitlarida sotish yoki sotish uchun saqlash yoxud foydalanish uchun saqlashni nazarda tutadi.
2. Aktiv qisqa muddat ichida tijorat maqsadlarida saqlanadi va uni hisobot davridan boshlab 12 oy ichida sotish nazarda tutiladi.
3. U foydalanish uchun cheklovlarga ega bo‘lmagan pul mablag‘- lari yoki uiaming ekvivalentlari sifatidagi aktivdir.
Boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli aktivlar sanaladi.
Balansning ikkmchi tomonidagi asosiy bo‘lim majburiyatlar bo‘li- mi bo‘lib hisoblanadi. Majburiyatlar — bu o‘tgan davr mobaynida sodir etilgan hodisalar yoki bajarilgan operatsiyalar natijasida paydo bo‘lgan korxona yoki bankning qarzdorligidir. Ushbu qarzlami qaytarish esa korxonalaming va banklaming resurslarini kamayishiga olib keladi. Xuddi aktivlar kabi majburiyatlar ham alohida tavsifga ega va ular quyi- dagilardir:
1. 0‘zida hozirgi kunda mavjud bo‘lgan majburiyatni ifodalaydi.
2. Buning natijasi aktivlar bilan haq to‘lanishi yoki xizmatlaming bajarilishiga olib keladi. Kelgusida paydo bo‘ladigan majburiyatlar bunga kirmaydi.
3. Majburiyatni bajarish bank uchun majburiy hisoblanadi va deyarli muqarrar bo‘ladi.
4. Majburiyatlar avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida yuzaga keladi.
1-sonIi Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standartlariga ko‘ra maj- buriyatlar quyidagi holatlarda qisqa muddatli majburiyat sifatida tur- kumlanadi;
1. Majburiyatni bank yoki korxonaning operatsion siklining odatiy sharoitlarida amalga oshirilganini hisobga olgan holda qaytariiishi ko‘z- da tutilgan bo'Iganda.
2. Ushbu majburiyat hisobot davri boshlanishidan boshlab 12 oy ichida qaytarilishiga mo ‘ Ijallangan bo ‘ lishi lozim.
Bankning boshqa barcha majburiyatlari uzoq muddatli hisoblanadi va turkumlanadi. Moliyaviy hisobotlarda aktivlar va majburiyatalaming o‘zaro qoplanishi taqiqlanadi.
Bank passivlarining yana bir qismi bu kapitaldir. Hozirgi kunda ko‘p banklaming balansida kapital xususiy kapital ko‘rinishida shakllangan.
Xususiy kapital — barcha majburiyatlar chegirib tashlangandan keyingi bank yoki korxona aktivlarining bir qismidir. Boshqacha qilib aytganda, xususiy kapital bu mulkdorlaming bank yoki biror firmada egaligini tasdiqlovchi ulushidir. Xususiy kapital qoldiq ulush sifatida ta’riflanadi. Chunki u bankning aktivlaridan barcha majburiyatlarini ayirgandan keyin qolgan summasini ifodalaydi. Xususiy kapital aksiya- dorlik kapitali, qo‘shimcha kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan tashkil topadi.
Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar, bank yoki korxonani pul mablagdari va ulami ekvivalentlarini yaratish va ko‘paytirish, shuningdek, bu jarayonni barqarorligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi imkoniyatini baholashni talab etadi. Bu imkoniyat, pirovard natijada, masalan, korxonani o‘z xodimlariga ish haqini to‘lash, mol yetkazib beruvchilarga, foizlar bo‘yicha qarzlami to‘lash, kreditlami qaytarish va o‘z mulkdorlariga dividendlami to'lash qobiliyatini belgilaydi. Foydalanuvchilar, korxona- ning pul mablag‘lari va ulami ekvivalentlarini yaratish qobiliyatini baholashi uchun, korxonaning moliyaviy ahvoli, faoliyat natijalari va moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan madumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Bank nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bank aktivlarining holati qanday, bank majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lab bera oIadimi-yo‘qmi, mijozlarning omonatlari bo‘yicha foizlar qarzlarini o‘z vaqtida to‘lay oladimi, bankning boshqa banklardan yoki mijozlardan olgan kreditlarini qaytara oladimi degan qator savollarga javob berish uchun bankning moliyaviy holatij pul mablag‘larining harakati, moliyaviy faoliyatining natijalari haqida ma'lumotga ega bo‘lish kerak. Bulami umumlashgan holda bankning molivaviv ahvoli devish mumkin.
Moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi madumot, asosan, buxgalteriya balansida beriladi. Bank faoliyatining natijalari haqida madumot, aso- san, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda keltiriladi. Moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlar moliyaviy hisobotda alohida o‘rin , egallagan hisobot (xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar) orqali ko'rsatiiadi. Demak, bankning moliyaviy ahvolini molivaviv hisobotlardan bilib olish mumkin.
Moliyaviy hisoboming tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘Iiq, chunki ular bir xil operatsiyalar va hodisalami mrii jihatlarini aks ettiradi. Hisoboming har bir shakli boshqalardan farq qiladigan madumotni berishiga qaramasdan, hech bir ashyo yakkalanib qolmaydi va foydalanuvchilar uchun muayyan ehtiyojlarini aks ettimvchi kerakli bo‘lgan barcha madumotni yetkazib bera olmaydi. Masalan, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot, balans va moliyaviy ahvolni o‘zgarishi haqidagi hisobotlaraing madumotlarisiz foydalansa, subyektning moliyaviy natijalari haqida to‘liq axborotni bera olmaydi.



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling