4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar


–rasm. Yerlardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar guruhlanishi


Download 217.9 Kb.
bet10/16
Sana07.03.2023
Hajmi217.9 Kb.
#1244720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

2.1–rasm. Yerlardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar guruhlanishi


6. Suv resurslari tushunchasi va undan foydalanish tartibi.
Kun tartibiga qoʻyilgan ushbu mavzu, ya’ni suv resurslaridan foydalanish masalasi, bu nafaqat respublikamizning balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hammamizga ma’lumki, hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi sohasining oldida turgan eng muhim vazifa bu aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashdan iborat boʻlib, suv resurslarining tanqisligi esa yildan-yilga ortib borayotganligini hisobga olsak, mavjud suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yer sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan boʻlib, 98 foizi shoʻr suvlar, ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi. Atigi 2,0 foizdan ortiqrogʻi chuchuk suv resurslari boʻlib, uning 79 foizi abadiy muzliklarga, 20 foizi yer osti suvlariga 1 foizi esa daryo va koʻllarga toʻgʻri keladi.
Dunyo aholisining har 10 nafaridan 4 nafari toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashayotgan boʻlib, 2050 yilga kelib yer yuzi aholisi 9 mlrd.ga koʻpayishi bashorat qilinmoqda.
Mintaqaning asosiy suv resurslari Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalaridagi suvlardan tashkil topib, ularning oʻrtacha koʻp yillik miqdori 114,4 km3 tashkil qiladi. Davlatlararo kelishuvga asosan Oʻzbekistonning ulushi 56,2 mlrd.m3 yoki jami suvning 49 foizini tashkil etadi.
Mintaqa suv resurslarining 80 % dan ortigʻi Qirgʻiziston va Tojikistondagi qorlar va muzliklar hisobiga shakllanadi. Asosiy suv iste’molchisi sanalgan sugʻoriladigan dehqonchilikning asosiy maydonlari daryolarning oʻrta va quyi oqimida joylashgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston mamlakatlari hududida joylashgan.
Oʻzbekiston axolisi 2030 yilga borib 39 mln nafar boʻlishi va iqlim oʻzgarishlari natijasida Oʻzbekistonning suv resurslari 7 mlrd m3 kamayishi kutilmoqda. Bunda yillik suv resurslari 44 mlrd m3 va natijada aholi jon boshiga 1130 m3 miqdorida suv toʻgʻri kelishi bashorat qilinmoqda.
Tadqiqot natijalariga koʻra, soʻnggi 50 yil ichida muzliklar miqdori oʻrtacha 30% ga kamaydi.
Hisob-kitoblarga koʻra, 2015 yilda Oʻzbekiston boʻyicha umumiy suv tanqisligi 3 km3 ni tashkil etgan boʻlsa, 2030 yilga kelib 7 km3, 2050 yilga qadar esa 11-13 km3 ga koʻtarilishi mumkin.
Soʻnggi yillarda Orol dengizi havzasidagi suv kam boʻlgan yillar soni tobora koʻpayib bormoqda. Misol uchun, 2000 yillarga qadar har 6-8 yil ichida suv taqchil yillar takrorlangan boʻlsa, oxirgi vaqtlarda ular har 3-4 yilda kuzatilgan.
Bundan tashqari, havo haroratining koʻtarilish natijasida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorish me’yorlari 2030 yilga kelib 5 foizga, 2050 yilga kelib 7-10 foizgacha va 2080 yilga kelib 12-16 foizga oshishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishi Oʻzbekistonda suv taqchilligini yanada kuchaytiradi, bu 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillarda kuzatilganidek, qurgʻoqchilik davomiyligi va chastotasining koʻpayishiga olib keladi.
Oxirgi ikki yilda mintaqadagi davlatlar bilan transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berilib, qoʻshni davlatlarga amalga oshirilgan tashriflar davomida mintaqadagi suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish masalasi eng yuqori darajada muhokama qilinib, koʻp yillardan beri yechilmay kelayotgan masalalar hal qilindi, kelishuvlar imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosati va sayi-harakati tufayli qoʻshni davlatlar bilan yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro doʻstona va ishonchli aloqalar Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslaridan hamkorlikda foydalanishga mustahkam zamin yaratdi.
Qoʻshni davlatlar bilan suv xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki tomonlama Ishchi guruhlar tuzilib, kelishuvlarga erishilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi Komissiyasi (MKVK) doirasida ham hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2017 yilning 16 sentyabr kuni Qozogʻiston va Oʻzbekiston Bosh vazirlarining birinchi oʻrinbosarlari darajasida suv munosabatlari sohasida “Yoʻl xaritasi” imzolandi.
2017-2018 yillarda Qozogʻistonning Chordara suv omboridan Aydarkoʻl va Arnasoy suv omboriga jami 3,2 mlrd.m3 suv olinishiga erishildi. Suv tanqis boʻlgan 2018 yilda “Doʻstlik”, “Zax”, “Xonim”, “Katta keles” va boshqa transchegaraviy kanallardan hamkorlikda foydalanildi.
Ikki davlat Xavfsizlik kengashlari yigʻilishlarida suv xoʻjaligi boʻyicha masalalar muhokama qilib borilmoqda.
Bugungi kunda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Hukumatlararo kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Download 217.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling