4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar
Download 217.9 Kb.
|
4-mavzu (1)
Sn.q.=
Bu yerda, Sn.q - suv resurslaridan foydalanish samaradorligining qaytimlilik koʻrsatkichi, kg,sentner, tonna. Qye.m. –ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, kg, sentner, tonna. Suv resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligining sigʻimlilik koʻrsatkichi, qaytimlilik koʻrsatkichiga teskari koʻrsatkich boʻlib, u mahsulot birligini ishlab chiqarishga qancha miqdorda suv talab qilinishini koʻrsatadi, Ya’ni S.n.s. = Sugʻoriladgandehqonchilikdafoydalaniladigansuvresurslaridanfoydalanishsamaradorliginibelgilashning qaytimlilikvasigʻimlilikkoʻrsatkichlarioʻzarobir - biriga teskari koʻrsatkichlardir.Suv resurslaridan foydalanish samaradorligining natural koʻrsatkichlaridan, birinchisi qanchalik yuqori boʻlib, ikkinchisi qanchalik past boʻlsa, subʼyektlar tomonidan suvdan yuqori, aksincha boʻlganda esa undan past samarabilan foydalanilayotganligi toʻgʻrisida xulosa qilish mumkin boʻladi. Bir xil ixtisoslikka ega boʻlgan ikki subʼyekt oʻrtasida suvdan foydalanishdarajasiga baho berishda natural koʻrsatkichlardan foydalanish ma’lum bir xulosalarga kelish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Masalan, paxtachilikka ixtisoslashgan bitta xoʻjalikda 1 m3 suv hisobida 0,6 kg, ikkinchisida esa 0,7 kg hosil yetishtirilganda, hyech ikkilanmasdan ikkinchi subʼyektda suvdan foydalanish darajasi yuqoriligi toʻgʻrisida xulosa qilish mumkin. Lekin, shu joyda masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor berish lozim boʻladi. Demak, birinchi subʼyektda 1 tonna paxtaning sotib olish bahosi 255,0 ming soʻm boʻlib, ikkinchi subʼyektda 195,0 ming soʻm boʻlganda suvdan foydalanish samaradorligi ularning qaysi birida yuqori degan savolga javob qidiradigan boʻlsak, birinchi subʼyektda 1 m3 suv hisobida 155 soʻmlik mahsulot yetishtirilgani holda, ikkinchi subʼyektda xuddi shu hajmdagi suv hisobida 136,5 soʻmlik mahsulot yetishtirilganiga iqror boʻlamiz. Xuddi shuningdek, turli ixtisoslikdagi xoʻjaliklarning birinchisi paxtachilikka ixtisoslashgan boʻlib, 1 m3 suv hisobida 0,6 kg paxta hosili olinib, ikkinchisi gʻallachilikka ixtisoslashgan subʼyektda xuddishu miqdordagi suv hisobida 1,2 kg gʻalla hosili olinganda ikkinchi subʼyektda suvdan foydalanish darajasi birinchi subʼyektga nisbatan ikki barobar yuqori degan xulosaga kelish mumkinmi degan oʻrinli savol tugʻiladi. Agarda 1 tonna paxta xom ashyosi bahosi 255,0 ming soʻm, gʻalla bahosi 80,0 ming soʻm boʻlganda, mos ravishda paxtachilikka ixtisoslashgan subʼyekt 1 m3 suv hisobida 153 soʻmlik mahsulot ishlab chiqargan bir paytda ikkinchisida bu koʻrsatkich 96 soʻmga teng boʻladi. Yuqorida keltirilgan hisob - kitoblardanshunday xulosa chiqadiki, suv resurslaridan foydalanish darajasini baholashning natural koʻrsatkichlari har doimham suvdan foydalanish darajasida baho berishda haqiqiy holatni koʻrsatib bera olmas ekan. Natural koʻrsatkichlarga xos boʻlgan kamchiliklarni tugatish uchun qiymat koʻrsatkichlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati va foydalanilgan suv resurslari nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Viloyat, tuman, shirkat va fermer xoʻjaliklari boʻyicha ular olgan suv resurslaridan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi koʻrsatkichi qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti (YaM) qiymatini ular hududiga yetkazib berilgan suv hajmiga (Qb.i.ye.,Qi.i.b.) nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni, Sya.m. = Bu yerda, Sya.m. -suvdan foydalanish samaradorligi, soʻm. Xuddi shunday koʻrsatkichni sof daromad (foyda) (F)ga nisbatan ham aniqlash mumkin. S f. = Bu yerda, F- viloyat, tuman va xoʻjalik boʻyicha olingan foyda, mln soʻm. Har bir turdagi qishlok xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha suvdan foydalanishning qiymat koʻrsatkichlari, ushbu mahsulotni sotishdan olingan daromad yoki foydani, ushbu ekinni sugʻorishga sarflangan suv hajmiga boʻlish orqali, S e.t.= Bu yerda, S e.t.- ekin turlari boʻyicha suvdan foydalanish samaradorligi, soʻm/m3. T m.s. (FMS)-mahsulot sotishdan pul tushumi yoki foyda, mln soʻm. Qe.t.-ekin turiga sarflangan suv miqdori. Mamlakat boʻyicha qishloq xoʻjaligiga yetkazib berilgan suv resurslaridan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichi, qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsuloti ( Ya m.k.x.) qiymatini qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilgan suv miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni: S ya.m. = Bu yerda, S ya.m.- qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini umumlashtiruvchi koʻrsatkichi, soʻm/m3. Q ya.i.m- qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot qiymati, mlrd. soʻm. F q.x.t –qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilgan suv hajmi, mlrd. km 3. Sanab oʻtilgan koʻrsatkichlardan foydalangan holda suvdan foydalanish darajasiga baho berish, masalani toʻlaqonli qamrab olish va bozor subʼyektlari faoliyatiga xolis baho berish uchun imkoniyat yaratadi. Download 217.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling