4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi
Paxta terish mashinalarining turlari
Download 0.5 Mb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word 00
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi
Paxta terish mashinalarining turlari
Paxta terish mashinalari: 1) ishlash prinsipiga ko’ra — mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik bo’ladi; 2) traktor bilan agregatlanib ishlatilishiga qarab: a) o’rnatma; b) yarim o’rnatma; v) o’zi yurar; 3) teriladigan qatorlar soniga qarab: a) bir qatorli; b) ikki qatorli; v) to’rt va olti qatorli.. 4) SHpindelli (pnevmomexanik) paxta terish mashinalari asosiy ish organining joylashishiga karab: a) vertikal shpindelli; b) gorizontal shpindelli (bu mashinalar murakkab konstruksiyada bo’lganligi sababli bizning sanoatimiz ishlab chiqarmaydi) mashinalarga bo’linadi. SHuningdek, texnik tolani, ingichka tolali paxtani terish uchun va urug’lik paxtani terish uchun mo’ljallangan paxta terish mashinalari ham mavjud. Hozirgi vaqtda faqat vertikal shpindelli paxta terish mashinalari ishlab chiqarilayotganlign sababli biz kelgusida ana shunday mashinalarning tuzilishi va texnologik ishlash jarayoni bilan tanishamiz. SHu o’rinda o’qituvchi yuqorida ko’rsatilgan turlardagi paxta terish mashinalarining muhim xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari hamda ishlatilishi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tishi ko’zda tutiladi Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi Mashinaning o’zidan va plakatdan paxta terish mashinasining tuzilishi o’rganiladi. Pnevmopodborshikli, ya’ni to’kilgan paxtani ham bir yo’la teradigan XNP – 1,8 paxta terish mashinasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan. Har bir terish apparati ikkitadan ( ichki va tashqi) seksiyalar qo’zg’almas seksiyaga nisbatan 40 gradusga burilishi mumkin, bu o’z navbvtida apparatga xizmat ko’rsatish va uni rostlash hamda buzuqliklarini tuzatish engillashtariladi. SHpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng va chap shpindellarga bo’linib, o’zlariga mos barabanlarga o’rnatiladi. SHpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng yoki chapligini bilish uchun uning rolik qismidan qaraladi. Bunda tishlarnning yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha yo’nalgan bo’lsa, u o’ng va aksincha bo’lsa, chap shpindel deb ataladi. SHpindellar diametri 24 mm, uzunligi 631 mm li trubadan tayyorlangan bo’lib, sirtiga chuqurligi va qadami 2 mm li to’rt qator tishlar ochilgan. Trubaning yuqorigi uchiga aylantirish roligya presslangan. SHarikli podshipnik shpindel qopqog’i bilan birga shpindelning yukorigi tayanchini hosil qiladi, pastki tayanchi esa ha-moya kosachali barmok va shpindelga presslab o’tqazilgan metall - keramik vtulkadan tuzilgan. Oxirgi paytlarda paxta hosilini to’liq va qisqa vaqt ichida terib olishga katta ehtiyoj paydo bo’lishi sababli, konstruktor olimlarimiz tarkibiy deb nomlangan shpindellarni yaratdilarki, bu shpindellar tishli shpindellarga nisbatan o’zining qator ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu xildagi shpindellarning kamchiligi ham bor: ularning tishli spiralining tebranishi tufayli tolani qirqib yuborishini ko’rsatish mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling