5. 2-amaliy ish paxta terish mashinalari ishning maqsadi


Download 13.48 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi13.48 Kb.
#1833504
  1   2   3   4
Bog'liq
Paxta terish mashinalari-fayllar.org


Paxta terish mashinalari

5.2-AMALIY ISH

PAXTA TERISH MASHINALARI


  1. Ishning maqsadi: Paxta terish mashinalarining konstruktsiyasi tahlili va texnologik jihatlari bo‘yicha tishuncha va ko‘nikmalar berish.


  2. Kerakli jihozlar: Paxta terish mashinalari konstruktsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari, adabiyotlar.


  3. Ishni o‘rganish tartibi:
  1. Paxtani mashinada terishning o’ziga xos xususiyatlari va usullari;


  2. Paxta terish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni;


  3. Paxtani mashinada terib olishni uzluksiz oqim usulida tashkil etish.




Tayanch iboralar: paxtani mashinada terish usullari, agrotexnik talablar,
texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar.


  1. Paxtani mashinada terishning o’zigaxos xususiyatlari va usullari.

Paxta mashinalar bilan terilganda mehnat unumdorligi 2-3 barobaroshadi, terish ishlarining tannarxi 20% va undan ziyod kamayadi. SHuning uchun ushbu tadbirni sifatli qilib amalga oshirishni tashkil etish eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanib, yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda, isrofgarchiliksiz terib olishga imkon yaratadi.


Paxta terish mashinasi hosilni to’kmasdan, iflos qilmay yuqori unum bilan ishlashi uchun quyidagi tadbirlarni:
  • paxta dalalarini tanlash,dalani mashina terimiga tayyorlash, g’o’za tuplarini bir tekis chilpish va defoliatsiyalash tadbirlarini maqbul muddatlarda o’tkazish;


  • maydonlarni begona o’tlardan (ayniqsa g’o’zaga aylanib o’suvchi o’tlardan) tozalash;


  • mashina qismlarini daladagi paxtaning holatiga qarab to’g’ri rostlash, texnik qarovlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish;


  • terim-transport otryadlarini tashkil qilish va ularni zarur qo’shimcha



agregatlar bilan butlash va mexanik haydovchi-operatorlar malakasini oshirish kerak bo’ladi.


Mashina terimi uchun paxta dalalarini tanlashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: paxta dalalarining o’rtacha hosildorligi 25-30 ts/ga dan kam bo’lmasligi, tuproq unumdorligi yuqori va tekislangan bo’lishi; begona o’tlar, ayniqsa, o’ralib o’suvchi o’simliklardan toza bo’lishi, shakli to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida, maydoni kamida mashinaning bir kunlik ish unumiga (4-6 ga) teng bo’lishi, uzunligi 500 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
Dalani mashina terimiga tayyorlashda quyidagi tadbirlarni, ya’ni, oxirgi kultivatsiyada olingan egatlar qator oralarining o’rtasidan olinishi, bunda tuproq g’o’za tuplari tagiga surilib, uning yotib qolishiga yo’l qo’yilmaslik; g’o’za tuplarining qalinligi 1 gektarda 90-100 ming dona, har bir tupda 14-16 ta hosil shohi va 2-3 ta bo’liq ko’raklar paydo bo’lganda chilpish o’tkazish; defoliatsiya ishlarini ko’saklammg ochilish darajasiga qarab havo harorati 14-15°C dan yuqori bo’lganda tabaqalashgan holda o’tkazish; defoliatsiyadan 6-8 kun o’tgach dalaning boshi va oxirida 10-12 m kenglikdagi qayrilish maydonchasidagi ochilgan paxtni qo’lda terib olish, g’o’zapoyadan tozalash va tekislash ishlarini sifatli qilib bajarilishi ta’minlashdan iborat.
Paxta terish ishiga qo’yiladigan agrotexnik talablar: mashinaning bir yurishida ochilgan paxta hosilining 90-95% yig’ishtirishi; yerga to’kilayotgan paxta miqdori 3-4%, terilmasdan va g’o’zapoyaga ilinib qolgani 2...3%, terilgan paxtaga aralashgan barg, xas-cho’p, chanoq pallalari kabi qo’shindilar 8%, terilgan paxtadagi shikastlangan chigitlar 1%, mashina o’tgandan keyin yerga to’kilgan xom ko’raklar soni har 3m masofada 1 donadan va paxta tolasining shikastlanishi 0,5% dan oshmasligi kerak; terilgan paxta tolasi ko’k shira, yoqilg’i-moy va boshqa narsalar bilan ifloslanmasligi zarur.



  1. Download 13.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling