5. 2-amaliy ish paxta terish mashinalari ishning maqsadi
Paxtani mashinada terib olishni uzluksiz oqim usulida tashkil etish
Download 13.48 Kb.
|
Paxta terish mashinalari-fayllar.org
Paxtani mashinada terib olishni uzluksiz oqim usulida tashkil etish.
Terim texnikalaridan samarali foydalanish uchun paxta terimi uzliksiz oqim usulida tashkil qilinishi, ya’ni paxta terish mashinasi bunkerdagi paxta traktor tirkamasiga bo’shatilishi hamda to’g’ridan - to’g’ri quritish-tozalash punktiga keltirilishi zarur. Paxtani ushbu usulda terib olishni yaxshilash uchun paxta terish mashinalaridan guruhlab foydalanish, ya’ni bir yoki yonma-yon joylashgan ikki dalada bir necha (4-5 ta ikki qatorli yoki 3-4 ta to’rt qatorli) mashina ishlatish lozim. Ammo ishlar bunday tashkil etilganda mashinalarnialohida paykallarga qo’yish kerak. Shunday qilinganda har bir mexanik-haydovchi o’ziga birkitilgan dalada bajarilgan ish sifati uchun shaxsan javobgar bo’ladi. Mashinalardan guruhlab foydalanilganda har qaysi agregatning ish sifatini hisobga olish va nazorat qilish osonlashadi, ishlaming bajarilish muddati qisqaradi, mashinalarga tashkiliy texnika xizmati ko’rsatish hamda transport vositalaridan foydalanish yaxshilanadi. Paxta terish mashinalarining to’xtovsiz va yuqori unum bilan ishlashini ta’minlash hamda terilgan paxtani tayyorlov punktiga o’z vaqtida yetkazib berish uchun mashinalarning har bir guruhiga traktor tirkamalari birkitib qo’yiladi. SHpindellarni yuvishni mexanizatsiyalashtirish va yuvish sifatini yaxshilash maqsadida paxta terish mashinalarning har qaysi guruhiga yuqori bosim bilan ishlaydigan suv purkagich bilan jihozlangan OVX-600 rusumli purkagich birkitib qo’yiladi. Terim guruhiga texnik xizmat ko’rsatuvchi avto-ko’chma ustaxonasi yoki agregati bo’lgan ixtisoslashtirilgan yordamchi guruh biriktirilib, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanadi. Ushbu guruh ishlab chiqilgan mashrut bo’yicha paxta terish mashinalari yoniga borib, zarur bo’lsa, ularga texnik xizmat ko’rsatadi va boshqa sozlash ishlarini bajaradi. Paxtani mashinada terib olish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda terib olinishini tashkil etish orqali terim todiqligim 4...5%, mashinalar ish unumini 18...20% ga ko’paytirish, terim muddtini 8-10 kunga qisqartirish orqali maydonlarni hosildan tez bo’shatilishini ta’minlaydi. Download 13.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling