4-mavzu: pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Reja


Tarbiya tamoyillari (prinsiplari)


Download 99.13 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2023
Hajmi99.13 Kb.
#1660033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Мавзу

Tarbiya tamoyillari (prinsiplari) – deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va o‘quvchilarni tarbiyalashning mazmuniga, metodlariga, usullariga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy qoidalarga aytiladi. Bu qoidalar yosh avlodni tarbiyalash to‘g‘risidagi birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, demokratik jamiyatning yuksalishida tarbiyaviy ishlarning boy tajribalariga suyanadi va tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Maktablarning tarbiyaviy ish tajribasida tarbiyaning quyidagi tamoyillari (prinsiplari) qo‘llaniladi:
- Tarbiyada aniq maqsadga intilish prinsipi. Bunda tarbiya berishda yuksak g‘oyaviylikka e’tibor berish, ma’naviy pok, jismonan sog‘lom, aqlan teran, o‘z vatanining haqiqiy vatanparvari qilib tarbiyalash.
- Tarbiyani hayot bilan, turmush tajribasi bilan bog‘lab olib borish prinsipi. Bu prinsipni amalga oshirishda « Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun (1997 y) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, 2007 yilni «Ijtimoiy himoya» yili deb e’lon qilish haqidagi Prezident farmonlarini hayotga tatbiq etish talab etiladi.
- Jamoa va jamoatchilik yordamida tarbiyalash prinsipi. O‘qituvchilar va tarbiyachilar o‘zlarining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga va ular orasidagi faol o‘quvchilarga suyanmog‘i, o‘quvchilarni ahil jamoa bo‘lib, turli xil ijtimoiy – foydali ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada do‘stona ishlash va yashashga o‘rgatishi lozim.
- Mehnat yordamida tarbiyalash prinsipi. Mehnatdan ajralib qolgan tarbiyani sog‘lom tarbiya deb bo‘lmaydi. Zero, Bahouddin Naqshbandiy aytganidek: «Dil bayoru – do‘st ba kor», - (ya’ni, dilingda Ollox bo‘lsin, qo‘ling mehnatda bo‘lsin».)
- Tarbiyada o‘quvchining yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi. Tarbiyaning mazmuni, shakli va usullari hamma yoshdagi bolalar uchun bir xil bo‘lmaydi. Bolalarga beriladigan tarbiyada ularning o‘ziga xos yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, ularning xarakter, xulqida uchraydigan ayrim o‘zgarishlar, temperament xususiyatlari tarbiyachi va o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim.
- Tarbiyada sistemalilik, izchillik prinsipi – bolalarga ta’lim berishda ma’kul tartib, muntazamlilik qanchalik muhim bo‘lsa, tarbiya ishida ham shunchalik muhimdir. CHunki tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va mashaqqatli bo‘lib, uni asta – sekin uzluksiz ravishda qadamba – qadam olib borish talab etiladi.
- Tarbiyada o‘quvchi shaxsini hurmat qilish va talabchanlik prinsipi. Tarbiyada o‘quvchi shaxsini hurmat qilish va talabchanlik – o‘quvchi shaxsini hurmat qilishdir. Taniqli pedagog A.S.Makarenkodan «Sizning tarbiya sistemasidagi prinsipning siri nimadan iborat?» - deb savol berganlarida, u: «Mening asosiy prinsipim – hamisha odamga mumkin qadar ko‘proq talab qo‘yish va shu bilan birga, uni mumkin qadar ko‘proq hurmat qilish bo‘lib kelgan,» - deb javob bergan. (A.S.Makarenko, Tan.ped.asarlar. M. – 1946 y).
- Tarbiyada ko‘rsatmalilik prinsipi. Ta’lim ishlari singari tarbiyada ham ko‘rsatmalilik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Bolalarga ajoyib fazilatlar va xulq – atvor elementlari, masalan, qanday salomlashish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga yordam berish, ko‘cha qoidalariga rioya qilish singarilarni so‘zlab berish bilan kifoyalanmay, uni amalda namuna qilib, ko‘rgazmali materiallar orqali amalga oshirish lozim.
- Tarbiyada o‘quvchilarning mustaqillik va tashabbuskorligini oshirib borish prinsipi. Tarbiyada o‘quvchini passiv, tashabbussiz, mustaqilligi yo‘q, bo‘shang qilib tarbiyalashga mutlaqo qarshimiz.
- Tarbiyada ijobiy fazilatlarga tayanish prinsipi – tarbiyadan ko‘zlangan maqsad – yoshlarda eng yaxshi va go‘zal axloqiy fazilatlarni hosil qilishdir. Bunda bizning avlod – ajdodlarimizning ibratli fazilatlari asosiy ibrat va namuna bo‘lib xizmat qiladi.



Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling