4-mavzu: Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi Reja
-jadval Mediakompetentlikning rivojlanganlik darajalari xarakteristikasi
Download 72.49 Kb.
|
4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot
2.2-jadval
Mediakompetentlikning rivojlanganlik darajalari xarakteristikasi
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish yangi davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Bu jaraѐn pedagogik innovatsiyalar hamda axborot texnologiyalarining qo‘llanishi natijasida DTSni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqib, ta’lim muassasasini tezlik bilan texnika va texnologiyalar bilan boyitishni nazarda tutadi. Ta’lim hamjamiyatining vazifasi mazkur jaraѐnni rivojlantirish yo‘llari va sur’atlarini tushunib yetishdan iboratdir. Ammo - informatika va axborot texnologiyalari‖ fanini takomillashtirmasdan turib ushbu ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Pedagogik oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talabalar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarning minimal darajasini belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlari talabalarning informatika fani bo‘yicha kompetentlik darajalarini belgilab beradi, o‘quv reja va dasturlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv rejasi ham qayta takomillashtirilib, ―Informatika va axborot texnologiyalari‖ fani - Ta’limda axborot texnologiyalari‖ deb o‘zgartirildi. Ushbu fan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasining 2-blokida (Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar) - Ta’limda axborot texnologiyalari‖ fani belgilab qo‘yilgan. Ta’limda axborot texnologiyalari‖ fani pedagogik oliy ta’lim muassasalarining talabalariga 2-bosqichda 3 - yoki 4 - semestrlar davomida o‘tiladi. Ushbu fanning fan dasturi talabalar egallashi va amalda qo‘llashi kerak bo‘lgan quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi: Axborot, uning turlari va ko‘rinishlari, axborotni saqlash, uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish, EHMning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, mashina tili tushunchasi, mikroprosessorning tuzilishi va ishlash prinsiplari, Pascal dasturlash tili asoslari, dasturiy ta’minot, fayllar bilan ishlash, Windows OT, zamonaviy axborot texnologiyalari, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy vositalar, matn va grafik axborotlarni tayѐrlash va ularga ishlov berish texnologiyasi, multimedia texnologiyasi, tarmoq texnologiyalari, internet texnologiyasi va uning xizmatlari, elektron tijorat, axborot xavfsizligi. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, mediasiѐsat vazifalari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, tizimli dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, mediata’limda innovatsion pedagogik amaliѐtlarni AKT yordamida qo‘llash, dasturlash, Microsoft Offisning dasturiy vositalari, axborot xavfsizligi, media to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, elektron tijorat haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Download 72.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling