4-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan ilmiy pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi va metodlari


Download 66.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana01.11.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1737538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Mavzu

Sobiq SHo’ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va 
texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har 
tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur 
nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi 
yaratilmadi. 
O’zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni 
o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish”* davlat 
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak 
ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlashga qaratildi. 
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali 
mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi 
muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. 
 Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek 
ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida 
hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, 
davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim 
ahamiyatga ega. 
O’zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori 
malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini 
milliy istiqlol g’oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda 
quyidagi vazifalar bajariladi: 


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir 
fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga 
ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning 
mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari (kategoriyalar matnda qoraytirilib 
ko’rsatilgan) quyidagilar hisoblanadi: 

Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling