4-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan ilmiy pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi va metodlari


Download 66.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana01.11.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1737538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Mavzu

Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni 
qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik 
hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat 
bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi. 
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, 
vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi 
pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini 
muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda 
ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari to’la 
namoyon bilishga erishish muhim.


Anketa (frantsuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va 
suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan 
savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. 
Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O’rganilayotgan jarayon 
mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi: 1) ochiq 
turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 
2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo’q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, 
“salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan 
savollar). Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. 
Intervьyu respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu 
jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. 
Intervьyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida 
o’tkaziladi. Intervьyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi 
tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. 

Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling