4-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Mavzu rejasi


Download 60.51 Kb.
bet1/6
Sana13.02.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1192444
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni


4-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni.
Mavzu rejasi:

  1. O‘qituvchi kasbi haqida tushuncha.

  2. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xosligi va uning insonparvarlik xususiyati.

  3. O‘qituvchilik kasbining insonparvarlik yo’nalishi.

  4. O‘qituvchilik kasbi qadriyatlari.

O’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra, o’ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhit hayotiy o’rni o’z ishining ustasi bo’lishidir. Master (usta) juda ilg’or, bilimdon yoki o’z ishining mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko’rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo’lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega. Mahorat – bu alohida qudrat. Mahorat yuqori va kichik darajada bo’lishi mumkin. Mahoratga erishish va erishmaslik ham mumkin. “Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog’idagina go’zaldir”1. Pedagogik mahoratga yetishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashini, pedagog shaxsini uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqesini ifodalaydi. “Pedagogik mahorat” bir kategoriya sifatida o’zining ilmiy asoslariga ega. 1987-1997 yillardagi va hozirgi kundagi pedagog tadqiqotchilar turli ilmiy yondashuvlarni quyidagicha xulosa qiladi. Pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikni yorqin ko’rinishi sifatida tushuniladi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtayi nazardan kishining individualligini xarakterlaydi. Hozirgi tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o’ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi. Pedagogik mahorat (A.S.Belkin, V.I.Zagvyazinskiy, N.A.Lebednik, I.A.Zyazyun, T.F.Kuzina, A.K.Markova), Pedagogik ijod (V.V.Belich, N.P.Lebednik, V.A.Kan-Kalik, A.K.Markova), Novatorlik (V.I.Zagvyazinskiy, A.K.Markova), Faoliyat uslubi (A.K.Markova), Innovatsion faoliyat (E.P.Morozov, V.V.Yusufbekova), Pedagogik texnologiya (N.E.Shurkova, V.Yu.Pityukova, E.A.Osipova), Mahorat (I.V.Kuzmina, S.YU.Stepanova) turli tadqiqotchilar ishlarida bir hodisani turlicha ta’riflaydilar. O’zbekistonlik pedagog olimlarimiz M.Ochilov, N.Azizxodjayev, B.Xodjayev, D.Ro’ziyeva va A.Musurmanovalar bugungi kunda pedagogning kasbiy mahoratining faoliyatida ko’rinadi. Pedagog, avvalo, pedagogik jarayonning o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlarni yaxshi egallashi va ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashishi lozim deb ta’kidlaydilar. Bu o’rinda pedagogning pedagogik texnikasi, kasb mahorati muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o’ziga xos quyidagi kategoriyasi mavjud (1-rasm):




Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling