4-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Mavzu rejasi
Download 60.51 Kb.
|
4-mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASBIY BILIMDONLIK PEDAGOGIK TAKT
- 1-rasm. Pedagogik mahorat kategoriyalari.
- “Ta’lim to’g’risida”gi qonun
- A.S.Makarenko (1889-1939)
- YUNESKO qarori
- 1979 yilda “Pedagogik mahorat asoslari” o’quv fani yaratildi
- “Pedagogik mahorat” fanining maqsadi
PEDAGOGIK
MAHORAT NOVATORLIK PEDAGOGIK IJOD FAOLIYAT USLUBI PEDAGOGIK MAHORAT KATEGORIYALARI KASBIY BILIMDONLIK PEDAGOGIK TAKT INNOVATSION FAOLIYAT PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 1-rasm. Pedagogik mahorat kategoriyalari. O’qituvchilar faoliyatini tahlil qilib, bir necha savollar qo’yamiz: Pedagogik faoliyat nima? Unga qanday erishsa bo’ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya fanlariga oid manbalarda yoki “Pedagogik ensiklopediya”da tushunchaga turli ta’riflar berilgan. “Pedagogik mahorat” – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati bo’lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo’lish, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish asosida tarkib topadi va pedagogik mahorat fanining tavsiyalaridan umumiy foydalanish asosida vujudga kelgan pedagogik tajriba sifatida o’qituvchining pedagog o’quv-tarbiyaviy faoliyatining yuqori darajasi”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib, o’qituvchining pedagog tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin deb aytib o’tgan A.Musurmanova. Pedagogik kasb – bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O’qituvchining o’z kasbiga ixlos qo’yishi va ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishi, bolalarga ta’sir o’tkazishi va ularga hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, barchani pedagogik faoliyat va muloqoti bilan uyg’unlashib bit butunlikni tashkil qiladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifasi va yo’nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o’qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog’liq. Zero, o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog’lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo’lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog’liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yuqotgan bolalar bilan ishlab, ularning nihoyatda hurmat va ishonchiga sazovor bo’ldi. Shaxsiy tarbiya usuli bilan olamga mashhur bo’lganligining o’zi ham A.S.Makarenkoni yuksak pedagogik mahorat cho’qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - “Makarenko yili” deb e’lon qilingan. “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutushi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalansin va har doim u o’zining nimani xohlaganini va nimani xohlamaganini bilishi zarur. Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalay oladi”2 – deydi A.S.Makarenko. A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab bunday deydi: “Nima uchun texnika oliy ta’lim muassasalarida materiallar qarshisida o’qitiladiyu, ammo pedagog o’quv yurtlarida tarbiya jarayonida, unga shaxsning qarshilik ko’rsatishi haqidagi fan o’qitilmaydi”. Buyuk pedagogning fikriga Ukraina pedagogika institutining (A.S.Makarenko bu dargohda ishlagan) olimlari juda katta mas’uliyat bilan qaraydi. Ular bir necha yillar davomida A.S.Makarenko pedagogik mahorat maktabini, mavjud bo’lgan ilg’or pedagogika nazariyasi va amaliyotini atroflicha tahlil qiladilar. Natijada, 1979 yilda “Pedagogik mahorat asoslari” o’quv fani yaratildi va u barcha oliy pedagogika ta’lim muassasalarida o’qitila boshlandi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Pedagogika institutlari va universitetlarning pedagogika va psixologiya fakultetlarida ham reja asosida o’qitilmoqda. ”Pedagogik mahorat asoslari” fanida pedagogik mahorat nimalarga bog’liq va unga qanday qilib erishiladi. Mahoratli pedagog bo’lishi uchun nimalarga e’tibor berish zarur kabi savollarga javob beramiz. “Pedagogik mahorat” fanining maqsadi – talabalarda pedagogik jarayonini mustaqil yuqori saviyada tashkil etish va o’z faoliyatida eng yuqori samaradorlikka erishishda malakalarni shakllantirish bo’lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal etish, bo’lajak pedagog shaxsiga qo’yiladigan xislatlarni tarkib toptirish bilan bog’liq: Insonparvarlik xislatlarni rivojlantirish; Kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish; Kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o’z ishiga ijodiy yondashish xislatlarini tarkib toptirish; Pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish; Nutq texnikasi. O’z tovush va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko’rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish. Pedagogik mahorat bu pedagogik (o’quv-tarbiyaviy) jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamolotlari tomon yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamoat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otish. Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt, subyekt va vositalardan tashkil topadi. Eng avvalo, pedagogik maqsadning o’ziga xosligini tushunishga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat: Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, yan’ni pedagogik faoliyat natijasi jamiyat manfaatlariga bog’liq. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama komil toptirishiga yo’naltirlgan bo’lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o’tkazadi. Yoshlarni ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi. Pedagogik faoliyat doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Unda pedagogik maqsad talaba maqsadiga aylanadi. Unga erishish osonlikcha bo’lmaydi. Pedagog o’z faoliyati maqsadini va unga erishish yo’llarini aniq tasavvur qilish, maqsadga erishish talabalar uchun ham ahamiyatga ega ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis faylasufi I.Gyote ta’kidlaganidek, “Ishonch bilan gapir, ana shunda so’z ham tinglovchilarni mahliyo qilish ham o’z-o’zidan kelaveradi”. Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling