4-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Mavzu rejasi


O`qituvchining axloqiy fazilatlar


Download 60.51 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1192444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

O`qituvchining axloqiy fazilatlar.
Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o`qituvchi-tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli qonunlari, me`yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma`lum axloqiy talablar qo`yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi.
O`qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o`zlashtirib olishi, o`z tajribasida qo`llashi o`zining dunyoqarashi va mafkurasi hamda axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash, his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy va millliy, axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar, o`qituvchining o`z axloqiy fazilatlariga e`tiqodiga aylanadi. O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilatlariga va e`tiqodiga aylanishi lozim.
Pedagogik takt - o`qituvchi axloqining aqliy ko`rinishlaridan biridir.
O`qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog`liq tarzda oydinlashtiradi.
Insonprvarlik, vatanparvarlik, milliy g`urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo`ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o`qituvchi odobida pedagogik faoliyati bilan birgalikda tahlil qilinadi.
O`qituvchilik burchi.
Umuminsoniy va millliy axloqda burch tushunchasi har bir kishining o`z vazifasini to`liq bajarishi boshqalarga to`g`ri munosabatda bo`lishini ifodalaydi.
Burchda shaxsning jamiyatga bo`lgan munosabati namayon bo`ladi. O`z burchiga sodiqlik har bir kishiga yuksak obro` va shon-sharaf keltiradi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida fuqarolarning huquqlari bilan bir qatorda, burchlari ham belgilangan. Qonunlarga rioya qilish, boshqa kishilarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ma`naviy merosimizni asrab-avaylash, atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish har bir fuqaroning burchidir. Burchga sodiqlik har bir fuqaroning odobi va axloqini ko`rsatadi.
Katta yoshdagi kishilarni hurmat qilish yoshlarning burchidir. Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash o`qituvchining axloqiy fazilatidir. Har bir muallimning o`quvchilarga o`rgatadigan g`oyalari, ularning qalbidan joy olishi lozim. O`qituvchi yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish sohasidagi o`z burchini zo’rlik tufayli yuksaltirgan majburiyat emas balki, o`z hayotining ma`nosi, ishonch va vijdon da’vati deb, hisoblaydi fuqarolik burchini his etish xalq va butun mamlakatimizning ertangi kelajagi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni taqoza etadi.
Davlat oldidagi burchni anglamoq barkamol muallim insonga izzat-hurmatli yoshlarga g`amxo`r bo’lish, boshqalarga yordam qilishni o`z insoniy burchi deb hisoblovchi insondir.
O`qituvchi axloqidagi burch hissi Vatanni sevish, uning porloq kelajagi uchun g`amxo`rlik qilishni talab etadi. O`qituvchilik odobi - vatanparvarlik burchi baynalminalchilik tuyg’usi bilan chambarchas bog`liqdir. Ba’zi pedagoglar boshlagan ishlarini oxirigacha yetkaza olmaydilar, irodasi yetishmaydi. O`qituvchining eng muhim burchlaridan biri – o`z bilimini muntazam oshirib borishdir.
O`zbekiston Respublikasi hukumati o`qituvchilar hurmatini qadrlab har tomonlama ular mehnatini e`tiborga olib har tomonlama g`amxo`rlik qilmoqda. Bizning nazarimizda zamonaviy o`qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar bo`lishi kerak;

Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling