4-mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Mavzu rejasi
O`qituvchilik sha`ni va qadr-qimmmati
Download 60.51 Kb.
|
4-mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qituvchilik vijdoni
- Talabchan va adolatli bo`lish
O`qituvchilik sha`ni va qadr-qimmmati.
Kishilarning umumiy ishga qo`shayotgan hissasining salmog`i u qaysi vazifani bajarayotganligida emas, balki o`z ishini qanchalik yaxshi, sidqidildan bajarishiga bog`liq. Insonning qadr-qimmati uning mansabi, kasb-koridan ko`ra ham ko`proq o`z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-atvoriga bog`liq. Bu fazilat o`qituvchi odobida muallimning qadr-qimmati, sha`ni deb ataladi. U avvalo, o`qituvchidan o`z ishining ustasi, kamtar bo`lishni, shu bilan birga pedagoglar va o`quvchilar jamoasida o`zini tuta bilishni talab etadi. Muallim maktab rahbarlari, hamkasblari va boshqalar bilan muomalada, munosabatda manmanlik va laganbardorlik qilmasa, uning o`quvchilar oldida obro`si, qadr-qimmati ortadi. Pedagoglik ishida boshqa kasblarga nisbatan subyektiv faktlar har bir kishining har bir kishining sha`ni va shaxsiy qadr-qimmatini e`tiborga olishni ko`proq talab etadi. Pedagoglar jamoasidagi urf-odatlar, an`analar, axloqiy munosabatlar ham o`qituvchilik sha`ni va qadr-qimmatini asrashga qaratilmog`i lozim. O`qituvchi odobida sha`n, qadr-qimmat tushunchasi o`qituvchining pedagoglar jamoasida egallagan hurmatini bildiradi, shu bilan birga o`quvchilar va ota-onalar orasidagi hurmatini ham ifodalaydi. O`qituvchilik vijdoni Pedagogik faoliyatda o`qituvchining vijdoni ta`lim-tarbiya jarayonida axloqiy, yo`l-yo`riqlarni va kasbiy burchlarni qanday bajarayotganliklarni nazorat qiluvchi ma`naviy kuchdir. O`qituvchi faoliyatida, axloqida, xulqida vijdon o`z-o`zini nazorat qilish vositasidir. O`qituvchilik vijdoni muallimning o`z bilimi, tajribasi va qobiliyatini to`la ishga solib boshqalarni o`qitish, tarbiyalash va ma`rifatli qilishga da`vat etadi. Abdulla Avloniy: “Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta`sir qiladurg`on hissiyot, ya`ni sezuv-to`ymakdan iborat ma`naviy quvvatni aytiladur” deb ta`rif bergan edi. Talabchan va adolatli bo`lish O`qituvchining kasbiy - axloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo`lishdir. Muallimning talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga bo`lgan ishonchi ifodalanadi. O`quvchilar loqaydlikni yoqtirmaydilar, aksincha yaxshi niyat bilan oqilona qilingan talabchanlik ularning muallimga hurmatini oshiradi. Muallimning talabchanligi adolatlilik bilan uzviy bog`liq bo`lmog`i zarur. O`qituvchi odobida adolatlilik fazilati pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Bolaning bilimini baholashda muallimning adolatliligini o`quvchilar ham o`zlaricha baholab boradilar. Muallim o`z fanidan biror bolaga “ikki” yoki “uch” baho qo`yaversa, bu bilan o`quvchini qobiliyatsizlikka chiqarib qo`ygan bo`ladi. Muallim o`qitish jarayonida boladagi o`zgarishlarni yutuqlarni payqab uni ruhlantirib borishi zarur. Shuningdek, bilimdonlik, halollik, rostgo`ylik hamda o`quvchilar va ularning ota-onalari o`rtasidagi muomala odobi ham o`qituvchining muhim axloqiy fazilati va ma’naviy boyligi hisoblanadi. Oliy o`quv yurtini bitirib, muallimlik faoliyatini boshlagan kishi barcha o`quvchilarga o`zini yaqin tutishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy-axloqiy namuna ko`rsatishi zarurligini yoddan chiqarmasligi lozim. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling