4-mavzu: Psixogenetikaning irsiyat mexanizmlari haqidagi zamonaviy tasavvurlari. Irsiy kasalliklar va psixogenetika
Download 23.97 Kb.
|
Psixogenetika 4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Irsiyat nazariyasining asosiy tushunchalari
4-mavzu: Psixogenetikaning irsiyat mexanizmlari haqidagi zamonaviy tasavvurlari. Irsiy kasalliklar va psixogenetika. Irsiyat nazariyasining asosiy tushunchalari Genotip va fenotip Irsiy kasalliklar va ularning tasnifi. Tayanch tushunchalar: irsiyat, genotip, fenotip, xromasoma, gen, allel genlar, DNK, RNK, 1.Irsiyat nazariyasining asosiy tushunchalari Dunyoda ikkita bir xil odamni uchratish mushkul. Mazkur xilma xillik “variantlilik”, “dispersiya”, “individual farqlar” kabi tushunchalar bilan bayon etiladi; jumladan, genetikada o‘zgaruvchanlik tushunchasi mavjud bo‘lib, u tirik mavjudotlarning turli shakllarda(variantlarda) mavjud bo‘lishini tahlil qiladi. O‘zgaruvchanlik ham muhit bilan bog‘liq, ham irsiy mexanizmlarga asoslanadi. Insonda mavjud bo‘lgan turli belgi va xususiyatlarning irsiyatdan o‘tishini o‘rganish anchayin qiyin jarayon. Birinchidan, insonlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri genetik va psixogenetik tajribalar o‘tkazib bo‘lmaydi; ikkinchidan, insonlar sekinlik bilan ko‘payadigan organizmlar sirasiga kiradi va ular orasida ko‘p nasllilik nisbatan kamroq uchraydi. Ammo, mazkur ana shu o‘tib bo‘lmas to‘siqlarga qaramay, fanga inson irsiyati borasida juda ko‘p narsa ma’lum, muhimi shundaki, hayvonlar, o‘simliklar va boshqa tirik organizmlarda batafsil o‘rganib chiqilgan irsiyatning umumiy qonuniyatlari insoniyatga ham taalluqlidir – ular barcha tirik mavjudotlarga mos keladi. II – IV boblarda irsiyatning ana shu umumiy qonuniyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Irsiyat, nasl orqali o‘tish deganda genetik ma’lumotlarning tirik organizmlarning bir avlodidan ikkinchisiga o‘tishi tushuniladi. Ana shu ma’lumot asosida organizm belgilarining rivojlanishi sodir bo‘ladi, shu bois belgilarning nasldan naslga o‘tishi haqida ham mulohaza yuritiladi, aslida esa belgilar emas, balki genlar nasldan naslga o‘tadi, deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Nasldan naslga o‘tish asosida genetik materialning ikki hissa ortishi, birlashishi, taqsimlanishi jarayonlari yotadi. Odatida nasldan naslga o‘tish autosom (nasldan naslga o‘tadigan genlar autosom xromosomalarda joylashgan bo‘ladi) hamda jinsiy tomondan o‘zlashtirilgan (nasldan naslga o‘tuvchi genlar jinsiy xromosomalarda joylashgan bo‘ladi) turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, dominant (to‘liq va oraliq) hamda retsessiv nasldan naslga o‘tish; jinsga bog‘liq bo‘lyogan nasldan naslga o‘tish hamda jins tomonidan nazorat qilinadigan (cheklangan) nasldan naslga o‘tish; monogen (shaxslar o‘rtasida kuzatiladigan farqlar bitta genning allelyalariga bog‘liq bo‘ladi) va poligen (shaxslar o‘rtasida kuzatiladigan farqlar bir necha genlarning allelyalariga bog‘liq bo‘ladi) nasldan naslga o‘tish kuzatiladi. (Xromosoma – yunoncha so‘z bo‘lib, chroma – rang va soma – tana so‘zlaridan yasalgan. xromosomalarni bo‘yash mumkin, shundan so‘ng ularni mikroskopda ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi) Nasldan naslga o‘tishning umumiy qonuniyatlari nasldan naslga o‘tishning xromosoma nazariyasi – nasliy omillarning xromosoma xujayralarida lokallashtirish haqidagi ta’limotda tartibga solingan. Mazkur nazariyaning bosh qoidasini avlodlar qatorida organizmlar xususiyatlarining nasldan nslga o‘tishi ular xromosomalarining nasldan naslga o‘tishi bilan belgilanishi haqidagi nazariya tashkil etadi. “Genotip”, “xromosoma”, “gen” va “allel” asosiy tushunchalar hisoblanadi. Quyida ularni qisqacha ko‘rib chiqamiz. Download 23.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling