4-mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi


Download 112.38 Kb.
bet7/14
Sana26.10.2023
Hajmi112.38 Kb.
#1725345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
4-mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi-fayllar.org

Hisob kitob markazi (5)

To’lovchining banki (4)

Pul oluvchining banki(6)

7

3

2


To’lovchi (mol oluvchi)

Pul oluvchi (mol sotuvchi)

1


4.4.3-rasm. To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi5.
Yuqorida keltirilgan rasmga quyidagicha tavsif beramiz:

1. Eng avvalo mol jo‘natuvchi va mol oluvchi korxonalar o‘rtasida xo‘jalik shartnomasi tuziladi.


2. Shartnomaga asosan mol jo‘natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga maqsulot jo‘natadi.
3. Mol oluvchi korxona olgan maqsulotga pul o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqi rasmiylashtirib o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradi.
4. Bank xodimi tomonidan to‘lov topshiriqi asosida mol oluvchi korxona hisobvarag‘idan pul chegiriladi.
5. Hisob-kitob markazi orqali elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankiga jo‘natiladi.
6. Kelib tushgan elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
7. Elektron to‘lov topshiriqining bir nusxasi to‘langan hujjatlar
sifatida mol sotuvchi korxonaga beriladi.
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‘tkazilayotgan barcha to‘lovlarning 45-50 foizi to‘lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob- kitoblarni amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi;
-ikkinchidan, pul mablag‘lari xarakatining tezligi, ya’ni to‘lov talabnomasiga nisbatan to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik oborot mablag‘larining aylanish tezligini oshiradi;
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. hisob-kitoblarning bu shaklida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‘lgan kabi bankka raddiya arizasi topshirilmaydi, chunki to‘lovchining o‘zi tulovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
-to‘rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko‘llanishi, bu esa ushbu shakl bo‘yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada yaqqol aks ettiradi.
To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona uchun to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘la kafolatlanmagan. Chunki to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘lovchi korxonaning depozit hisob varag‘idagi mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. To‘lovning to‘liq o‘tkazilishiga etarli pul mablag‘larining bo‘lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va maqsulot jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.
To‘lov talabnomasi — o‘zida mablag‘ oluvchini to‘lovchi tomonidan bank orqali ma’lum bir summani to‘lash to‘g‘risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob-kitob hujjatidir. To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda qanday amalga oshirilishini to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko‘rish mumkin.


Download 112.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling