4-mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Download 112.38 Kb.
|
4-mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi-fayllar.org
4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmog‘li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‘yilgan talablarni oladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan, pul mablag‘larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4ta shaklidan foydalanadi. To’lov topshiriqnomalari Cheklar
Hujjatlashtirilgan akkreditivlar
Inkasso
Iqtisodiy kontragentlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar; inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi: memorial order; to‘lov topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; inkasso topshiriqnomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankning hisob-kitob cheki. Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalar foydalangan holda, amalga oshirilishi mumkin. Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart. To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan oluvchining hisobvarag‘iga ma’lum bir summani o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘ini anglatadi. To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bo‘yicha hujjatlar aylanishini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin: Download 112.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling