4-mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi
-rasm. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi
Download 112.38 Kb.
|
4-mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi-fayllar.org
4.4.5-rasm. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi
1-tovarlarni oldi-sotdi shartnomasini imzolash. 2- sotib oluvchi o’z bankiga akkreditiv ochish to’g`risida ariza beradi. 3-akkreditiv ochiladi va bu haqda mol yetkazib beruvchining bankiga xabar beriladi. Xabar akkreditiv telegrammasi shaklida beriladi. Mana shu vaqtdan boshlab sotib oluvchining banki to’lov yuzasidan kafil hisoblanadi. 4-mol yetkazib beruvchining banki mol yetkazib beruvchini akkreditiv ochilganligidan xabardor qiladi. 5-mol yetkazib beruvchi tovarlarni jo’natadi. 6-mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni o’zining bankiga uzatadi. 7-mol yetkazib beruvchining banki hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi. 8- mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni sotib oluvchining bankiga jo’natadi. 9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshiradi. 10-sotib oluvchining banki tovar hujjatlarini sotib oluvchiga beradi. 11- sotib oluvchining banki mol yetkazib beruvchining bankini (9) operatsiya bajarilganligi to’g`risida yozma ravishda xabardor qiladi. 12-mol yetkazib beruvchining banki to’lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga kirim qiladi. 13- mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko’chirma berish. Hujjatlashtirilgan akkreditivda ishtirok etuvchilarning o’z nomlariga ega: Mol yetkazib beruvchi benifetsiar deyiladi Sotib oluvchining banki xabar beruvchi deyiladi Sotib oluvchi arizador diyiladi Sotib oluvchining banki akkreditiv bank deyiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning akkreditiv shaklining o‘z afzalligi, shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklari mavjud. Akkreditiv shakli bo‘yicha hisob-kitob qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsulot etkazib beruvchi uchun to‘lov to‘liq kafolatlangan bo‘ladi. Hujjatlashtirilgan akkreditiv ning asosiy kamchiligi bu uning qimmatligidir. Germaniya banklari aholiga ochganligi uchun 1,2-1,4% yevro oladi. O’zbekistonda esa akkreditiv summasi mijozning joriy hoisob raqamidan olinib alohida hisob raqamiga depozit qilinadi. Akkreditiv shaklining kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: akkreditiv shakli bo‘yicha hujjatlar aylanishi texnik jiqatdan birmuncha qiyinroq; transportga qulay emas, akkreditiv ochilgan paytda yukni jo‘natish uchun tayyor transport bo‘lmasligi mumkin, bu esa yuk jo‘natishni kechikishiga olib keladi; bu shaklda to‘lovchining mablag‘lari oborotdan qisman chetlashadi, boshqa hisob-kitoblar uchun bu mablag‘lardan foydalanishga ruxsat etilmaydi; akkreditiv bo‘yicha odatda faqat bir mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilinadi. Download 112.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling