4-mavzu: Qadimgi davr tarixshunosligi
Download 28.46 Kb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0’quv maqsadi
- Авесто” - Olrta Osiyo tarixi haqidagi dastlabki yozma manba
4-mavzu: Qadimgi davr tarixshunosligi Reja “Авесто” - Orta Osiyo tarixi haqidagi dastlabki yozma manba Sug‘d tilida bitilgan yodgorliklar. O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar tarixshunosligi 0’quv maqsadi: Mintaqa tarixini yorituvchi eng qadimgi yozma manbalar, shu jumladan, “Avesto"ni o'rganishga oid ilmiy tadqiqotlar to'g'risida ma’lumot beriladi. Mazkur manbalardagi Markaziy Osiyo davlatlari, xalqlari va qabilalari haqidagi та 'lumotlar tahlil qilinadi. Tayanch so‘z va iboralar: Zardushtiylik, “Aeecmo", Behistun yozuvlari, “ Махабхарата", Sug'd tilida bitilgan yodgorliklar, “Хвадай намак”, Al-Xorazmiyning “Китоб ат-тарих" ва "Китоб сурат ул-арз" asarlari “Худуд ул-олам ", Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlarining qadimgi davr tarixi tarixshunosligi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududi qadimdan aholi zich yashagan tamaddunlardan biri boMib, mazkur mintaqa ko‘plab siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar kesishgan markaz hisoblangan. Ushbu hududda o‘troq va ko‘chmanchi tarzda hayot kechirgan ko‘plab qabilalar, elatlar istiqomat qilib, qabitalar ittifoqi, shahar, davlatlaming paydo bo'lishi hamda shakllanishiga asos bo‘lgan. Mazkur qabila va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayoti to‘g‘risida o‘sha davrda bitilgan yozma yodgorliklar ma’lumot beradi. Turli hudud, davr va tilda bitilganganligiga qaramay, ushbu yozma yodgorliklar ma’lumotlarga boyligi bilan tarix fani uchun qimmatlidir. Markaziy Osiyo madaniyati G‘arb va Sharqning madaniy unsurlarini bir butunlikda uyg'unlashtirib, ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, ushbu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo‘lib xizmat qilgan. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatinmg vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastawal, uning geografik o‘mi va tabiiy vositalariga e’tibomi qaratish kerak boiadi. Mazkur hududda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, choMlar, dasht va adirlar hamda tog‘liklar yonma-yon joylashganbo'lib, ushbu xususiyat mahalliy qabila va elatlaming xo'jalik tarzi, shuningdek, o'ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. Bundan tashqari, ushbu mintaqa Eron, Hindiston, Xitoy, Kavkaz va shu kabi boshqa qo‘shni qadimiy sivilizatsiya makonlari bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, Qadimgi Yunoniston va Rim bilan ham doimiy aioqa o‘matgan. Markaziy Osiyo hududi ushbu aloqalarda Sharq va G‘arb o'rtasida vositachilik vazifasini bajarib kelgan. Xususan, Markaziy Osiyo hududi orqali turli diniy qarashlar, moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlari boshqa mintaqalarga tarqaldi. Ma’lumki, ushbu mintaqada doimiy ravishda bosqinchilik yurishlari, xalqlaming ko‘chishlari, turli ittifoq, davlat va imperiyalarning vujudga kelishi hamda zavolga yuz tutishi sodir boiib, mazkur omil Markaziy Osiyo xalqlari tarixi davomida bir necha bor mahalliy madaniyatni sezilarli o‘zgarishi, sinkretlashuvi va noyoblashuviga olib keldi. Bu haqdagi ko‘plab ma’lumotlami eng qadimgi yozma yodgorliklarni o‘rganish va tahlil qilish orqali bilib olamiz. “Авесто” - Olrta Osiyo tarixi haqidagi dastlabki yozma manba Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati to‘g‘risidagi bilimlarning bebaho manbasi — “Авесто” kitobi hisoblanadi. Mazkur manba dunyodagi eng qadimgi dinlardan boMgan zardushtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kitob hisoblanib, uni tarqalishida Zardusht o‘mi beqiyos. “Авесто” va uning matnlarini to‘planishi ko‘p asrlar davomida amalga oshirilgan. Zardusht ushbu dinning payg‘ambari va faol targ‘ibotchisi hisoblanib, taxminan mil. aw . VII—VI asrlarda dunyoga kelgan tarixiy shaxs hisoblangan17. Zardusht din peshvosi bo‘lish bilan birga, katta oila boshlig‘i ham edi. Zardusht o‘z ta’limotini Markaziy Osiyo va Eron hududlarida kezib tarqatadi hamda ko‘plab tarafdorlami atrofiga to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Uning ta’limoti umumiy hisobda yigirma bir nask (kitob)dan iborat boMib, bizga qadar ulardan faqat beshtasigina yetib kelgan. “Авесто” kitobining yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kunda qadar ushbu mavzuda turli bahs va munozaralar davom etib kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari quyidagilardan iborat. Download 28.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling