1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1 mavzu




1
-Mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr 
tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va 
temuriylar davri tarixshunosligi 
Reja: 
1.Tarix fanining vujudga kelishi va o‘tmishni o‘rganishdagi dastlabki malakalar. 
Tarixshunoslikda tadqiqotlarning tahlil qilish usullari. 
2. O‘zbekistonning qadimgi tarixi tarixshunosligi. 
3. Qadimgi epigrafik manbalar. (Behistun, Persepol, Naqshi Rustam, Doro I, Ayritom 
bitiklari)ning
o‘rganilishi. O‘rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarning tadqiq etilishi. 
4. Musulmon uyg’onish davri. Dunyoviy va diniy bilimlar, ularning bir-biriga ta’siri.O‘rta asrlar 
tarixnavisligining xalq ijodiyoti, an’analari bilan uzviy bog‘liqligi. 
5. Tadqiqotlarda Amir Temur shaxsi va uning siyosiy faoliyati masalalarining yoritilishi. 
“Temur tuzuklari”ning o‘rganilishi.Mirzo Ulug‘bek va Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy 
merosining o‘rganilishi. 

Tayanch iboralar: Istoriografiya, tarixnavislik, sifat va miqdoriy o’zgarishlar, 
globallashuv, obyektiv tarixiy nuqtai nazar, tarixiy xotira, real tarix, roviy tarix, ilmiy idrok, 
mifologik yondashuv, ilmiy yondashuv, diniy yondashuv, aniq-tahliliy usul, mantiqiy usul, 
xronologik usul, davriylashtirish
usuli, Shel, Ashel, inqilobiy davr, tarixiy yozma manbalar, epos, Alpomish, Go‘rug‘li, Gerodot, 
umumjaxon tarixi, pragmatik tarix, zardushtiylik, «Avesto», satrap; epigrafiik manba, 
Kirmonshoh, katiba, ilmiy tarix, talant,‘’Eron shahanshohi’’;friz, Zend; Axuramazda; Axriman; 
Musulmon Uyg’onish davri, Sharq Uyg’onish davri, Islom ilmi, Islom sivilizatsiyasi, folklor, 
tafsir, Osurul boqiy, Hadis, fikxiy maktablar, Axbori Buxoro, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” Zayn 
ul-axbor, Gardiziy, An-Nasafiy, Kitob al-ansob, Tarixi Bayxaqiy, Bartold, Juvayniy, 
Rashididdin. Amir Temur, Temurnoma, Ibn Arabshox, Ibn Xaldun, Zafarnoma, Shomiy, 
Abdurazzoq Samarqandiy, Usmoniylar imperiyasi, Xo’ja Ahror, Boburnoma, Tarixi arbai ulus, 
Klavixo, Ali Yazdiy, Samarqandiy, Zubdat ut-tavorix.
 
 O`zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bilan o`zbek xalqi tarixida 
tub burilishi sodir bo’ldi. Milliy istiqlol g’oyasi o`zbek xalqining o’z huquqlari, milliy o’zligini 
tiklashga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma`naviy 
taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, 
tafakkurga erkinlik berish bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy 
kuch-quvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. 
O`zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun 
tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgach tarixshunoslik fanida yangi sahifa ochildi. Ayniqsa bu 
borada Birinchi Prezident I.Karimovning 1996 yil 18 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «O`zbekistonning yangi 
tarixi markazini tashkil etish to’g’risida»gi farmoyishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1996 yil 16 dekabrdagi qaror g’oyat katta dastur amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. 
Mazkur tarixiy xujjatlarda O`zbekistonning yangi tarixini tayyorlashdek ulkan vazifa qo’yildi, 
buni amalga oshirishda XIX asrning o’rtalaridan hozirgi kungacha xalqimiz hayotida sodir bo’lgan 
tarixiy voqealarni, bosqichlarni va o’zgarishlarni to’la qamrab olishga e`tibor berish alohida 
ta`kidlandi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling