moslashtirib, yangi yozuv tizimlari paydo bo‘lgan. Ushbu yozuvlarda
bitilgan yodgorliklarning
tarixiy talqini o‘ta murakkab vazifa bo‘lib kelmoqda. Gap shundaki, har to‘rtala yozuv asosidagi
qadimgi tillar unutilgan. Ular “o‘lik” tilga aylangan. Shu sababli qadimgi
yozuv yodgorliklarini
o‘rganish eroniy va turkiy qadimgi tillar sohasida ma’lum bilim, tasavvur va ko‘nikmalar bo‘lishini
talab qiladi. Eng muhimi o‘sha qadimiy yozuv va til materiallaridan kerakli tarixiy ma’lumotlarni
chiqara bilish va yanada jiddiy ravishda bu ma’lumotlarning ob’ektivligini ta’minlash lozim bo‘ladi.
Yozuvlar vujudga kelguniga qadar epik asarlar (epos - grekcha so’z bo’lib, doston, rivoyat,
afsona asarlarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba edi. (Masalan, yunon shoiri
Homerning «Iliada», «Odisseya»
dostonlari, O’rta Osiyo xalqlarining «Alpomish», «Manas»,
«Go’ro’g’li» dostonlari, Vladimir, Muromli Il’ya, Dobrinya Nikitich,
Alyosha Popovich kabi rus
bahodirlari haqidagi dostonlar yoki «Igor’ jangnomasi» qo’shig’i...)
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. Ular insonning ijtimoiy
faoliyati, aniqrog‘i odamlarning o‘zaro munosabatining natijasi o‘larok yaratilgan va o‘sha
zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘rta asr
(VI—XIX asrlar) tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: