tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, Sharqshunoslik,
etnologiya, arxeologiya va b) tarixi
bilan ham shug’ullanadi.
Tarixshunoslik utmishda kechgan va bugunda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning
odamlar
ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish
jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o’sib borish
jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda , ma`lum
bosqich yoki davrda tarix
fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-
siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga ta`sirini, u yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish va
tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi.
Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan
ilmiy-tadqiqot
markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati,
ularning fan rivojiga
qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Alisher Navoiy tili bilan aytganda Alloh olamni yaratgan ekan, bundan uning murodi inson
ekan. Inson paydo bo‘libdiki, uning mohiyati yolg‘izlikka emas ijtimoiylikka intilib kelgan. Eng
ibtidoiy holatida ham inson tabiat oldida o‘zi singarilar bilan birlashgan. Shakllangan uyushuv esa
tarixda o‘z bosqichiga ko‘ra turlicha ataladi poda, to‘da, urug‘, qabila va hokazo.
Bas shunday
ekan, tarix inson va jamiyat munosabatlari, o‘z navbatida jamiyatning tabiatga nisbatan hamda
o‘zining
yashashi, uchun muhim bo‘lgan iqtisodiy zahiralariga munosabati shakllari, ularning
ijtimoiy
huquqiy asoslari, davlat, uning siyosati orqali yuzaga keladigan turli vaziyatlar, voqea-
xodisalar tizimining o‘zaro bog‘lab turuvchi va farqlovchi qonuniyatlari –
bularni chuqur
tushunmay turib insoniyat tarixini idrok etish mushkul. Aksincha, jamiyat ayrim olingan individga
nisbatan o‘zining turli qirralarga ega munosabatini shakllantiradi. O‘z navbatida bu ta’sirlar tizimi
ijtimoiy birlik ichida ma’lum manfaatlar qatlamlari aro taqsimlanadi. Ya’ni tarixning ijtimoiy
yo‘nalganligi masalasi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: