1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
Inson va insoniyatsiz uning tarixi ham yo‘q. Insoniyat tarixning tabiat tarixidan farqi uning
ijtimoiyligidadir. Faqat inson ongli ravishda o‘z o‘tmishini idrok etishga, ijobiy va salbiy oqibatlarini tajriba sifatida talqin qilishga qodir. Biroq masalaning bu echimiga qadar tarixni tushunish yo‘lidagi qarashlar turli-tuman va murakkab bo‘lgan.Butun borliqning tarixi sanoqsiz milliard yillar bilan, cheksizlikkacha darajada belgilanishi ma’lum. Biologik quyosh shu milliardlarning bir qismi, xalos. Insoniyat tarixi esa yanada kichik davrni tashkil etadi. Umuman Tarixshunoslik fanining asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etish , amalga oshirilgan ishlarning natijasini chikarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlash kelgusi arning yo’nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo’naltirishdan iborat borliq ichra jonli va jonsiz hayot haqidagi tarixiy tasavvurlar insonning ilmiy-nazariy va noilmiy empirik bilimlari mahsulidir. Demak o‘tmish (xoh tabiat, xoh jamiyat o‘tmishi) haqidagi bilimlar aslida ijtimoiy xodisadir. Ya’ni inson tomonidan, uning jamiyati erishgan darajalarda anglab etilgan (va ba’zan anglab etilmagan holda) talqin etilgan bilimlar majmuidir. Tarix fanining bosh maqsadi (bu haqda quyiroqda alohida to‘xtalamiz) jamiyat bosib o‘tgan taraqqiyot va tanazullar, yangidan jonlanishlar, sifat va miqdor o‘zgarishlarining sabablari, jarayonlarning kechishini, oqibatlarini, ichki qonuniyatlarini, tashqi omillarini, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy shart-sharoitlarini tushuntirishdan iborat. Inson va tabiat deganda odamzodning tirikligi bevosita bog‘liq uyashagan muhitning hayot omili sifatidagi o‘rni haqida gap boradi. Shu g‘oya asosida uning keng talqinini tarix va biosfera, etnos va biosfera munosabatlari sifatida talqin qilish fanda yangicha yondashuvga olib keldi. Tarix bunga son-sanoqsiz guvohliklarni beradi. Ibtidoiy davrlardan boshlab inson va uning turli darajalardagi jamoasi o‘zining iqtisodiy ta’minlanishi barqarorligi, mo‘l-ko‘lligi uchun kurashib kelgan. Bu omilning mustahkamligi uchun jamiyat ichida tashkiliy xo‘jalik jarayoni, zahiralarni ehtiyotlash, tejash, me’yorlab taqsimlash kabilar qadimdan e’tiborda turgan. Tashqi olamda esa barqaror iqtisodiy imkoniyatlarni o‘zgalardan tortib olish, o‘zlashtirish kabilar jamoalar (urug‘ va qabilalar) o‘rtasida talash-tortish ob’ektlari bo‘lgan. Intensiv va ekstensiv iqtisodiy munosabatlar tarixiy jarayonlarning ichki va tashqi omillari bo‘lib kelgan. Davlatchilik jarayonlarining vujudga kelishida ham iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning ma’lum darajaga etishi, mehnat taqsimoti, mehnat samaralarining taqsimoti, bundagi notengliklar, mulkiy-ijtimoiy tabaqalanish kabilar yetakchi omil bo‘lgan. Davlat inson va uning jamiyatini ma’lum huquqiy asosda siyosiy boshqarish demakdir. Agar insonning manfaatlari davlat o‘rnatgan huquq tartibot tufayli kamsitilsa, bunday davlat bilan inson va uning jamoasi o‘rtasida ziddiyat chiqadi. Ziddiyat esa turli sotsial iqtisodiy talablar uchun kurash shaklida tarixiy voqealar sababchisi bo‘ladi. Tarix, madaniy-ma’naviy an’analar, qadriyatlarning shakli, mazmuni, mohiyati kabilarni tarix orqali onglarga singdirish doimiy dolzarb masala bo‘lib qoladi. Demak, xulosa o‘rnida quyidagilarni aytish mumkin: 1. Tarixiy bilim ijtimoiydir. Bu bilim xoh inson va uning jamiyati haqida, xoh tabiatga xos bo‘lsin – uning shakllanishi, tizim holiga kelishi, to‘lishib, murakkablashib borishi, avvalo inson va uning tafakkuriga bog‘liq. - Tarix inson va uning ijtimoiy hayoti jarayonlarining uzluksiz, voqea-hodisalari tizimini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Masala bu voqea-hodisalar tizimi bo‘g‘inlarining ichki va tashqi omillarini, qonuniyat sifatida baholanadigan jihatlarini xolisona o‘rganish, to‘g‘ri xulosalar chiqarishdadir. 3. Inson avvalo ilohiy musharraf zotligidan tashqari “tabiat mahsuli” hamdir. Zero, inson azal va abad tabiat imkoniyatlaridan manfaatdor. Qolaversa, inson biologik oliy mavjudotdir. Bas shunday ekan, inson va tabiat o‘rtasida mutanosiblik uchun kurash tarixning ajralmas qismidir. Chunki inson hayot muhiti uning iqtisodiy ta’limoti demakdir. Ana shu muhitga egalik uning ne’matlaridan foydalanish uchun kerak mehnat va ishlab chiqarish jarayonlari tarixning asosiy omillaridir. Tarixda shaxsning rolini ko‘rsatishda obyektiv tarixiy nuqtai nazaridan yondashish muhim ahamiyatga ega. Bu masalada g‘oyaviy-mafkuraviy talablardan kelib chiquvchi biryoo‘lamaliklar tarixni buzib ko‘rsatishga olib keladi. Masalan, mavjud adabiyotlarda Mahmud G‘aznaviyga salbiy baho berish tendensiyasi yetakchi o‘ringa ko‘tarilgan. Holbuki, o‘z tarixiy shart-sharoitiga ko‘ra Mahmud G‘aznaviy kuchli markazlashgan davlat tuzish maqsadi bilan ish ko‘rgan. Bu maqsadining vositasi tinimsiz urushlar bo‘lganligi zamonasining tarixiy shart-sharoiti bilan bog‘liq edi. Xuddi shu maqsad bilan harakat qilgan Ioaan IV (Grozniy)ning yurishlarini Rus tarixi oqlaydi. Ayni rus tarixnavisligida Amir Temur shaxsiga nisbatan bir yoqlama baho ustun bo‘lib kelgan. Lekin Yevropa tarixshunosligida Amir Temurning harbiy-siyosiy faoliyatini tarixiylik asosida yoritishga qaratilgan asarlar ham yo‘q emas. Insoniyat tarixiga eng qadimgi munosabat masalasi odamzodning tabiatdan o‘zini ajratib qarash darajasidagi tafakkuriy bosqichdan boshlanadi. Ma’lumki, tarixda eng qadimgi yozuvli sivilizatsiya makonlari Mesopotamiya va Misr hududlarida paydo bo‘lgan. Ayni ularda yozuvning bo‘lganligi, yozma yodgorliklarini o‘qiga erishilganligi, ulardan ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkinligi, jumladan, misrliklar va mesopotamiyaliklar o‘z o‘tmishlariga qanday qarashlari mavzuda qo‘yilgan masalani yoritishda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi. San’at va adabiyot o‘tmish xotirasi va kechuvchi zamonni aks ettiradi. Biroq san’at va adabiyot hodisalari ham tarixdan tashqarida emas. Shu sababli ularda aks etadigan voqea-hodisalar ma’lum badiiylashgan shaklda tarixiy jarayonning in’ikosidir. Lekin o‘tmishda chindan ham o‘ringa ega yoki o‘ylab topilgan o‘tmish voqe’ligining modeli fikrlardan tarixning ibratli xulosalardan, roviy va haqqoniy ifoda topadi. Tarix haqidagi roviy gaplar muayyan ijtimoiy qatlamning, jamoaga xos psixologiyasini aks ettiradi. Tarixni yaxlit va milliy darajada anglash uchun kollektiv xotira darajasida millat o‘tmishning manzaralarini tiklash an’anasi bo‘lmog‘i lozim. Tarixiy xotira aslida shudir. Shu nuqtai nazardan tarixni tushunish masalasiga maxsus yondashilsa, bu jarayonning murakkab bosqichlarini ko‘rish qiyin emas. Uzoq o‘tmishda insoniyat o‘zi bosib o‘tgan yo‘lni xotirada saqlash imkoniyati cheklangani sababli o‘tmish to‘g‘risida xayoliy tasavvurlar yo‘lidan borishi tabiiydek bo‘lgan. Bunday yondashuv avvalo olam – borliqqa nisbatan, uning real mohiyatini tushunishdan fantastik tasavvurlar orqali fikr yuitish yetakchi bo‘lgan. Odatda o‘tmishni obrazlashtirish natijasida asotiriy tafakkur yuzaga kelgan. Tarixga nisbatan qo‘llangan asotir esa asos-e’tibori bilan real tarixni muayyan obrazlar tizimi orqali umumlashtirishga qaratiladi. Biroq bunda real tarixdan ko‘ra ko‘proq uning ma’lum ishoratlar tizimi aks etgan bo‘ladi. Demak, tarixga mifologik yondashuv afsonalarni real tarix qilib ko‘rsatish uchun vositaga aylanadi. Buni biz Yunon tarixchilik an’anasida kuzatishimiz mumkin. Qadimgi yunonlar o‘z tarixlarida o‘zlari o‘ylab topgan va muayyan tizimga solingan asotiriy obrazlarni hech ikkilanmay o‘z tarixlarining qismi deb hisoblar edilar. Shu sababli yunonlar yaratgan mifologik dunyo qadimgi Yunon jamiyatining osmonga, samoga ko‘tarilgan nushasiga aylangandek. Zevs oliy hukmdor xudo, barcha ma’bud va ma’budalar uning izmida va h.k. Bu model aslida Yunon jamiyatining boshdan kechirgan tarixiga obrazlashtirilgan kitobdek gap edi. Shu qarashni Markaziy Osiyo mintaqasiga tadbiq etadigan bo‘lsak, Yunon modelining o‘ziga xos talqinini mahalliy mifologiyada, keyinchalik folklor ijodiyoti tizimida kuzatish mumkin. Jumladan, zardushtiylikka qadar tarixni asotir orqali talqin qilinadigan bo‘lsa, unda turli tabiat va jamiyatga xos ilohiyot tizimining mustaqil o‘z qaramog‘idagi sohalar bor ekanligini ko‘rish mumkin: Mitra borliq dunyoning ezgu qo‘riqchisi, Varaxran qudratli harbiy salohiyat bo‘lib, borliq dunyoni yomonliklardan asrovchi, Ardvisura hayotning eng muhim omili suv va boshqalar. Lekin zardushtiylik ana shu o‘ziga qadar amal qilgan diniy tushunchalarni yakka- yolg‘iz irodat egasi Axuramazdaga bo‘ysundirdi. Shu davrdan boshlab jamiyatdagi davlatchilik jarayonlarining mohiyati Axuramazdaning yakkaligini e’tirof qilish orqali ilk podshochilik g‘oyalari asotiriy ravishda asoslangan edi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling