1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Tarixni bilish jarayonida unga mifologik yondashuvlardan keyingi bosqichda diniy


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

2. Tarixni bilish jarayonida unga mifologik yondashuvlardan keyingi bosqichda diniy 
yondashuvlar yo‘nilishi yuzaga kelgan. Ayniqsa, tarixiy jarayonni ilohiy kuchlar bilan bog‘lash 
orqali metodologik jihatdan tarixni o‘rganishning o‘ziga xos modellari yuzaga kelgan. Buning 
yorqin misolini islom davri tarixshunosligida kuzatish mumkin. Eng keng tarqalgan tarix yoritish 
usuli Odam Atodan to muallifgacha bo‘lgan umumiy tarix yozish usuli edi. Bu ususl hattoki 
xususiy tarixlarga ham ta’sir ko‘rsatgan. Shajara tarixlarining boshi ham odatda Odam Atodan 
boshlanib tarixi yaratilayotgan shajaraga bog‘langan. Shu ma’noda tarixga ijtimoiy hodisalar 
tizimi sifatida qarash yo‘nalishi o‘rta asrlarda qiyin yo‘llar bilan bo‘lsada payodo bo‘la boshlagan. 
Masalan, Ibn Xoldun tarixiy jarayonni ijtimoiy jarayon sifatida talqin qilib bergan va o‘zining 
ta’sirini hatto Yevropaga ham o‘tkazgan.
Qadimiyat haqida gap ketganda avvalo qadimgi ikki daryo oralig‘i va Misr sivilizatsiyalari 
e’tiborni tortadi. Jumladan, Shumer sivilizatsiyasi eng qadimgi yozuvli sivilizatsiya hisoblanadi. 


Undan keyingi bosqichda Akkad, Bobil va Ashshur sivilizatsiyalari davom etadi. O‘z davri uchun 
yuksak darajaga erishgan mazkur sivilizatsiya o‘chog‘i o‘zidan qoldirgan yozma merosda shu 
vaqtga qadar biz tarix deb atagan tushunchaga mos keluvchi so‘z uchramagan. Lekin bu Shumer 
o‘z tarixiga e’tiborsiz bo‘lgan degani emas. O‘rganilgan Shumer matnlari bergan ma’lumotlarni 
umumlashtirilsa, ularning tarixga munosabatini tushunish qiyin emas. Ammo o‘tmishga 
munosabat ularda shunday aks etadiki, kundalik voqea-hodisalar, tabiat injiqliklari, erishilgan 
muvaffaqiyatlar, podsholarning taxtga kelishi yoki ketishi, urushlardagi g‘alaba yoki mag‘lubiyat, 
tug‘ilish, o‘lim, hosil, hosildorlik, hosilsizlik va h.k. bularning barchasi hech shubxasiz 
xudolarning irodasi bilan ro‘y bergan kabi ruh ularda yaqqol ko‘rinadi. Demak, qadimgi 
Mesopotamiya va Misr qadimgi tarixiy tafakkuri ilohiylashtirilgan darajada bo‘lgan. Oqibatda, 
tarixiy voqea-hodisalarni aks ettirishda ularning sabablari va oqibatlari, o‘zaro sababdoshlik, 
tarixiy tajriba singari muhim masalalar e’tibordan chetda qolmaydi. Hozirgi zamon ilmiy tarix 
nazariyalarining mohiyati ayni shu sabab va voqelik, sabab-voqelik-oqibat kabi tizimlarni hisobga 
olish bilan farqlanadi.
O‘rta asr Sharq tarixchiligida roviy tarix bilan real tarixni qorishtirish xususiyati yetakchi 
o‘rin tutgan. Jumladan, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam” nomli kitobi Markaziy Osiyo va 
Eron tarixini o‘z davri tarix nazariyasi ruhida to‘rt sulola tarixi qilib bayon etish usulini aks 
ettirgan. Unga ko‘ra kayyoniylar, peshdodiylar, ashkoniylar va sosoniylardan iborat to‘rt sulola 
tarixi haqiqiy tarix qilib ko‘rsatilgan. Abu Rayxon Beruniyga kelsak, tarixni real tushunishga 
moyillik ko‘zga tashlanadi. Biroq, Beruniy “Doro ibni Doro davrida...”, - deb boshlanuvchi 
jumlasida tarixning vaqtga nisbati aslo hisobga olinmagan. Shu davrda yaratilgan xususiy 
tarixlardan Utbiy, Bayxakiy kabilar real tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatini yoritganlari sababli 
haqqoniy voqea-hodisalarga yaqin turganlar.
Shu o‘rinda tarixga diniy nuqtai nazardan yondashuv asoslari ayni jahon dinlari orqali 
yuzaga kelganini ta’kidlash lozim. Masalan, Bibliya insoniyat tarixini payg‘ambarlar faoliyati 
bilan va ilohiy iroda bilan bog‘lash an’anasini qaror toptirgan bo‘lsa, xuddi shu qarashni Qur’on 
ruhida ham sezish mumkin. Biroq, diniy kitoblarning tarixga munosabati yana bir bora aytish 
mumkinki, aniq vaqtga nisbat berilmagan. Shunday qilib tarixiy tafakkurning shakllanishi va 
rivojlanishida qanchalik sodda bo‘lmasin, diniy tarixiy tafakkurning ham o‘rni bor. Zero, diniy 
tarixlar o‘tmish haqidagi ijtimoiy fikrning o‘ziga xos bosqichi edi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling