4-mavzu: Qalampiryalpiz nastoykasini ishlab chiqarish
Download 483.98 Kb.
|
II tarqatma 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masalalar
- 8-laboratoriya ishi.
- Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
- Ishni bajarish tartibi
- Tayyorlash jarayoni tasviri
4-mavzu: Qalampiryalpiz nastoykasini ishlab chiqarish Maqsad: Nastoykalar ta'rifi, tavsifi, tasnifi, ishlatilishi va olish usullari xaqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Mavzuning ahamiyati: Dorivor o’simlik xom ashyolaridan olinadigan TDVlari orasida nastoykalar alohida o’rin tutadi. Ularni tayyorlash uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganish esa korxona sharoitida shu turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. Laboratoriya mashg’ulot mavzusini yoritishda “Aylana stol” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi. Vaziyatli masalalar:Tayyorlangan nastoyka loyqa va tiniqligi bo’yicha talabga javob bermaydi. Nastoyka tayyorlashda ajratuvchi mo’ljaldan ko’p sarflangan. Yalpiz nastoykasi tarkibida 4% efir moyi borligi aniqlandi. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollarNastoykalar ta'rifi, tavsifi va tasnifi. Nastoykalar qanday nisbatlarda tayyorlanadi? Nastoyka tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? Nastoykalarni tayyorlash usullari. VNIIF usulida nastoyka tayyorlash mohiyati. Perkolyatsiya usulida nastoyka tayyorlash texnologiyasi. Ultratovush usulida nastoykalar qanday tayyorlanadi? Markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida nastoyka olish mohiyati. Nastoykalarni ishlatilishi. Nastoykalar nomenklaturasi. 8-laboratoriya ishi.Qalampir yalpiz nastoykasi Tinctura Menthae piperitae. Vazifa.Perkolyatsiya usulida 25 ml qalampir yalpiz nastoykasini tayyorlang. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing. Tarkibi.Qalampir yalpiz bargi - 50,0 g. Qalampir yalpiz moyi - 50,0 g. 90% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo’lguncha. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:1,25 g maydalangan qalampir yalpiz bargi. Og’zi keng va zich yopiladigan shisha idish. Perkolyator - 2 ta. Yig’gich kolba - hajmi 200 ml bo’lgan. Shisha tayoqcha, filtr qog’ozi, doka va chinni bo’lakchalari. 90% li etil spirti - etarli miqdorda. Tosh va tarozi. Ishni bajarish tartibi:Og’zi zich yopiladigan shisha idishga 1,25 g 3 mm kattalikda maydalangan va changdan tozalangan qalampir yalpiz bargi solinib, ustiga 2-2,5 ml 90% li etil spirtidan solinadi va aralashtirilib, bo’ktirish uchun xona haroratida 4 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng perkolyator tubiga 4 qavatli doka joylashtiriladi va bo’ktirilgan xom ashyo shisha tayoqcha yordamida perkolyatorga miqdoran o’tkazilib, shibbalanadi. Xom ashyo orasidagi xavoni chiqarish maqsadida perkolyatorning jo’mragi ochilib, toki ajratma oqib chiqqunga qadar 90% li etil spirtidan solinadi. Jo’mrakdan suyuqlik chiqishi bilan berkitilib, oqib chiqqan suyuqlik perkolyatorga qaytadan solinadi va xom ashyo ustida “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi. Perkolyatorning og’zi 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng quyidagi tenglama bilan xisoblangan tezlikda, ajratma olinadi: n = KS bu erda, n - tomchilar soni K - doimiy son, u 0,5 ga teng C - perkolyatorga solingan xom ashyoning miqdori, g Perkolyatordan yig’gichga qanday tezlikda suyuqlik oqib tushsa, xuddi shu tezlikda yuqoridan pekrolyatorga toza ajratuvchi tushib turishi, shuningdek ish jarayonida doim xom ashyo ustida “oynasimon yuza” saqlanib turishi kerak. Ajratmaning umumiy miqdori 22,5 ml ga etgandan so’ng (ya'ni tayyor nastoykaning umumiy hajmini 90% ni tashkil qilishi kerak), ajratma olish to’xtatiladi. Ajratma silindrga o’tkazilib ustiga 1,39 ml (1,25 g) yalpiz moyi solinadi va hajmi 25 ml bo’lguncha yana ajratma olish davom ettiriladi. Begona moddalardan tozalash maqsadida 5-6 kunga 10oS haroratda tindirib qo’yiladi va belgilangan muddat o’tgandan so’ng qat-qat filtr orqali suziladi. Tayyorlash jarayoni tasviriTayyor mahsulotning sifatini tekshirish Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (703), 6 va (103-bet) 8 (118-bet) adabiyotlardan Olindi. Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil rangli tiniq suyuqlik bo’lib, yalpiz o’simligiga xos xid va mazaga ega. Yalpiz nastoykasida efir moyining miqdori 5% dan, spirt esa 81% dan kam bo’lmasligi kerak. Qadoqlash. Jigarrang shisha idishlarda 20 kg dan, shisha idishchalarda 10, 15 va 25 ml dan chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda qorong’i va salqin joylarda saqlanadi. Ishlatilishi. Nevralgiya kasalligida og’riq qoldiruvchi dori sifatida, ko’ngil aynishi va qusishga qarshi 10-15 tomchidan, suyuq dorilarda esa ta'mni yaxshilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bu nastoyka “yalpiz tomchisi” deb xam ataladi. Download 483.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling