4-mavzu: Qo’g’irchoq teatriga tayyorgarlik ko’rish va kerakli jihozlarni tayyorlashga o’rgatish {2 soat}. Reja


Download 17.36 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi17.36 Kb.
#1695875
Bog'liq
4-mavzu (2)


4-mavzu: Qo’g’irchoq teatriga tayyorgarlik ko’rish va kerakli jihozlarni tayyorlashga o’rgatish {2 soat}.
Reja:

  1. Qo’g’irchoq teatrilarining bola rivojlanishidagi ahamiyati

  2. Qo’g’irchoq teatrlarini o’tkazish bosqichlari

  3. Qo’g’irchoq teatri uchun qo’g’irchoqlarni tayyorlash

Tayanch tushunchalar: soya teatri, marionetka teatri, barmoq teatri, stol teatri, qo’l teatri, bosqich, ta'rif, yordamchi vosita, tahlil, imo-ishora, ijodiy faoliyat, estetik tarbiya, badiiy tarbiya, applikatsiya, mustaqil badiiy-ijodiy faoliyat, badiiy did.
Ахloqiy-estetik sifatlar bolalada go’zallik haqidagi bilimlar, hayot voqieligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, o’zini tuta bilishni, muloqatga kirishuvchanlik, yaxshi-yomonni farqlash, o’z-o’ziga baho berish kabilarni tarbiyalash masalasini ichiga oladi. Inson hayoti o’z-o’zini anglashdan boshlab tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi. Inson hayoti o’z-o’zini anglashdan boshlab, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolatga erishuv jarayoni amalga oshishi tugallanadi” bolalar bog’chasida, аhloqiy tarbiya berishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • Kichik, o’rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar аhloqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish;

  • Har bir o’rgatilgan u yoki bu fazilatlar rasmlar, multfilm tasmalar, axborot kommunikativ texnilogiyalar vositalari va bolalarni jonli harakatlari orqali tushuntirish;

  • Bola doimiy ravishda “ nima yaxshi”, “nima yomon ” ma’nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etish

Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo’g’irchoq o’yinlarini qilishdan maqsad:

  • Bolalar uchun ijodkorlik, faollikni taminlovchi shart-sharoit yaratish;

  • Teatr ko’rish odobiga o’rgatish;

  • Teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishdagi uzviylikni taminlash;

  • Xalq yaratgan boy merosimizga bo’lgan muhabbat hissini uyg’otish;

  • Qo’g’irchoq teatrini ota-onalar bilan hamrohlikda tashkil qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

Har bir qo’g’irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:

  • Qo’g’irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolalning yosh va bilim saviyasiga mos bo’lsa, bolada butun vujudi bilan uni va unga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi;

  • Kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga nisbatan ruhi tetiklik yoki qo’rqish, nafrat, ko’ziga yosh olish yoki8 kulib yuborish kabi emotsional holatlar namoyon bo’ladi;

  • Qo’g’irchoq teatri yakunida o’tkazilgan suhbatda bolalar qo’g’irchoq teatrida ko’rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan qo’g’irchoq teatrini doimo ko’rishga hohish bildiradilar.

Маktabgacha ta’lim muassasalarida qo’g’irchoq teatrlarining tayyorlash va tomoshalar ko’rsatish mazmunini bosqichma-bosqich amalga oshirish ijobiy imkoniyat beradi:
Birinchi bosqich.
Маktabgacha ta’lim muassasasida qo’g’irchoq teatrini tayyorlashda jihozlar yani moddiy taminotini amalga oshirishda:

  • Manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos kelishi ;

  • Musiqa tanlash;

  • Qo’g’irchoq teatrini ko’rsatish rejasini tuzish.

Ikkinchi bosqich:

  • Ko’zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko’ra qahramonlarini tanlash va so’zlarini yod oldirish;

  • Qo’g’irchoqlarni yasash va kiyintirish;

  • Tarbiyachi bilan hamkorlikda she’rlarni yod olish.

Uchinchi bosqich:

  • Tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko’ra ertakni sahnalashtirish;

  • Qo’g’irchoq teatrini namoyish, bolalarni qiziqishlarini va ularga yoqqan qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qo’g’irchoq teatri va turlari sanang.

  2. Soya teatri qanday o’tkaziladi?

  3. Soya teatri nacha turga bo’linadi?

  4. Marionetka teatri haqida yozing.

  5. Marionetka teatri qanday vositalar orqali amalga oshiriladi?

  6. Barmoq teatri qanday teatr?

  7. Stol teatri haqida yozing.

  8. Qo’l teatri boshqa teatrlardan qanday farq qiladi?

Download 17.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling