4-Mavzu: qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyatining muhim omili


Download 388.55 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi388.55 Kb.
#190813
  1   2   3
Bog'liq
4 Maruza



4-Mavzu: QONUN USTUVORLIGI - FUQAROLIK JAMIYATINING

MUHIM OMILI








R e j a:

1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.

2.Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.

3. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.

4.Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati.

5.Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati



MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun ustuvorligi, qonun, qonuniylik, qonunchilik, huquq va erkinliklari, jinoiy jazolarni liberallashtirish, huquqiy ong va madaniyat, huquqiy davlat, hokimiyat tarmoqlari, saylov, saylov huquqi, adolat, sud-huquq tizimi.





1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati

Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish – O‘zbekistonning pirovard maqsadidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek: “Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart”.

Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qonunlarimiz zamirida adolat yotishi darkor. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.


Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;


Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;


Fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;



Download 388.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling