4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari reja


Download 41.07 Kb.
bet6/8
Sana14.12.2022
Hajmi41.07 Kb.
#1001340
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 семинар

ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o`z ifodasini topgan bo`lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga muvofiq, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tug`allanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo`lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so`ng etkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo`lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo`ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko`proq shaxslarni sudlanganlik holatidan saqlab qoladi;
uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to`xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyihada amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlarning mantiqiy davomi bo`ladi.
Ushbu yo`nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo`jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlarni O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to`g`ri yo`lga qaytsa, ularning qonun buzish holatlari va uning natijasida etkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
to`rtinchidan, voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o`tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o`zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqat-e’tibor voyaga etmagan shaxslarni o`qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan holda, ularning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o`zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini kengroq qo`llashga qaratiladi. Shuningdek, nafaqat voyaga etmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko`rgan va u yoki bu jinoyatning guvohi bo`lgan voyaga etmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi muhim o`zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga etmagan shaxslarga nisbatan tergov harakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonlarning muddatlarini qisqartirish va boshqa shu kabi o`zgartirishlar nazarda tutiladi;

Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling