4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari reja


Download 41.07 Kb.
bet7/8
Sana14.12.2022
Hajmi41.07 Kb.
#1001340
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 семинар

beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillash- tiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo`llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi alohida rag`batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo`llash tartibi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, etkazilgan zararni qoplagan, chin ko`ngildan amalda pushaymon bo`lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to`g`ri va bir xilda qo`llashga oid tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratiladi;
oltinchidan, sudlanganlik holatining tug`allanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir et- gan jinoyati uchun hukm etilganidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik holatining tug`allanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to`g`risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, shaxsning huquqiy holatini engillashtirish, ijobiy hulq-atvorini rag`batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi hisoblanadi;
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan ji­noyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to`sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og`ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4850-son Farmoniga ko`ra, faoliyatni ish yakunlarining kompleks taxlili asosida rejalashti- rish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo`llash amaliyoti va amaldagi qonun xujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish masalasi belgilab berilgan edi.
O`zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga mas’ul organlar o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysinib amalga oshiradilar.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo`nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o`z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish deganda tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.
Shu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezi­dentining qarori loyihasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari aniq belgilab beriladi.
Muvofiqlashtirishning maqsadi-jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishdir. Bu umumiy maqsad, tabiiy ravishda, barcha kuchlarni birlashtirishni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida bir-birini takrorlamaslikni, biri boshqasining funksiyasini bajarmasligini, muayyan aniq maqsad yo`lida kuch hamda imkoniyatlarni birlashtirishni, ayni paytda har biri qonunchilikka qattiq rioya etgani holda qonun doirasida o`z vazifasini malakali bajarishini taqozo etadi.
Shundan kelib chiqib, muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarning o`zaro bog`liq va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash, jinoyatlarni tez, to`la va har tomonlama aniqlash, tergov olib borish, ji- noyatni ochish hamda vakolatli organlarga uning yuzaga kelish sabab va sharoitlarining oldini olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq:
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ular rahbarlarining birgalikda muvofiqlashtiruv kengashlarini tashkil etishlari;
Qayd etilgan organlarning jinoyatchilikka va ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurash masalalari bo`yicha o`zaro axborotlar almashinuvi;
O`zaro kelishilgan harakatlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikda mintaqalarga chiqish, quyi bo`g`indagi huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchi­likka qarshi kurashda yordam berish, mavjud ijobiy tajribalarni o`rganish va boshqa hududlarda amaliyotga tadbiq etish;
Ko`p epizodli va jamoatchilik e’tiborida bo`lgan aniq jinoyatlarni tergov qilish uchun tergov-tezkor guruhlar tuzish va tergovni tashkil etish;
Jinoyatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida hamkorlikdagi maqsadli tadbirlar o`tkazish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish choralarini qurish;
Xodimlarning malakasini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan foydalanish, hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o`tkazish;
Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun o`zaro yordam ko`rsatish;
Hamkorlikda buyruqlar, qo`shma ko`rsatmalar chiqarishi, axborot xatlarini va boshqa tashkiliy-farmoyish xujjatlarini tayyorlash, hamkorlikda qo`llanmalar, byulletenlar (to`plamlar) hamda boshqa axborot nashrlarini chiqarishi;
Muvofiqlashtiruv faoliyatining o`zaro kelishilgan rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;
Mamlakatda amalda bo`lgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishga oid qonunlar va normativ xujjatlarning ijro etilish ahvoli bo`yicha hamkorlikda hududlarga chiqib tekshirishlar tashkil etish;
Mintaqalarda jinoyatchilikka qarshi kurash dasturlariga kiritish uchun hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.
Jinoyatchilik va sudlanganlik holati haqida o`zaro axborot almashuv;
Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda sud statistikasi ma’lumotlaridan va sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;
Jinoyatchilikka qarshi kurash to`g`risidagi qonun loyihalarini hamkorlikda tayyorlash;
Hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o`tkazish, tegishli mutaxassislarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirishdagi ishtiroki;
Hamkorlikda axborot xatlarini, ma’lumotnomalarni, sharxlarni jo`natish va boshqalar.
Sud raislari, sudyalar jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organ­lar rahbarlarining muvofiqlashtiruv kengashlarida kuzatuvchi sifatida yoki kengash ishtirokchilarini o`z organi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida qatnashishi mumkin.
Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo`yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat, jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. Jahonda yuz berayotgan turli ko`ngilsiz voqealar, qon to`qishlar, jumladan, Irok va Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi guruh 2014 yilda o`zini ISHID (Irok va Shom islom davlati) deb atab, islom dinidan niqob sifatida foydalanib, siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlarda turli og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etmoqda. Sir emaski, ISHID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog`liq bir qancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir.
ISHID Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham o`z ta’sirini o`tkazishga urinmoqda. Afrika, O`rta Sharq va Markaziy Osiyodagi 15 dan ortiq diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari ISHIDning xatti-harakatlarini qo`llab-quvvatlab, ularga yordam berib kelmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tako- millashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish.
Jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini va inson huquqlarining ishonchli hi- moyasini yanada takomillashtirish, xalqning davlat hokimiyatiga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimini tashkil etish zaruriyatini namoyon etadi.
Mazkur sohadagi islohotlarning amalga oshirilishida milliy qonunchilikka xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari tadbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi, buni biz 2008 yili «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr`) O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishida yaqqol ko`rishimiz mumkin.




  1. Download 41.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling