4-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari reja


Download 41.07 Kb.
bet4/8
Sana14.12.2022
Hajmi41.07 Kb.
#1001340
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 семинар

Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko`p tushadigan sohalar, ulardagi to`siqlar, fuqarolarni o`ylantiradigan boshqa ehtiyojlarni aniqlash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo`yicha aholining fikrini o`rganish, ijtimoiy so`rov o`tkazish, shu jumladan, internet tarmogi orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazarda tutilgan.
Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko`rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo`lish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini qurish uchun zarur tashkiliy va huquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, aholining adolat qaror topishiga bo`lgan ishonchini mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka hurmati oshishiga xizmat qiladi.
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o`z oldiga qo`ygan har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo`lgan ajralmas Konstitutsiyaviy huquqi mustahkamlab qo`yilgan. Unga ko`ra, har bir shaxs uchun o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayri qonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab fuqarolarning sud himoyasida bo`lish huquqini ro`yobga chiqarishga qaratilgan keng ko`lamdagi islohotlar amalga oshirildi. Bu borada 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Sudlar to`g`risida»gi va 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonunlar hamda sud ishlarini yuritishga doir yangi protsessual qonunchilikning qabul qilingani fuqarolarning yuqorida qayd etilgan huquqining ro`yobga chiqishida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bugun zamonning o`zi davlatimiz oldiga nafaqat sud, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada samarali ta’minlash vazifasini kuchaytirish talabini qo`ymoqda.
Jumladan, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko`rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo`lish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash bo`yicha barcha zarur choralarni qurish belgilangan.
O`zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko`lamda, yangi formatda jamoatchilik o`rtasida muhokama qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli ximoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
Birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to`lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.
Ma’lumki, huquqlari buzilgan fuqarolar adolat kutib fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga murojaat qiladilar. Ammo o`rnatilgan davlat boji stavkalari da’vogar jis­moniy va yuridik shaxslardan katta miqdordagi davlat bojini to`lashni talab etadi. Ular bunday imkoniyatga ega bo`lmagan taqdirda ko`pincha odil sudga murojaat etishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu borada davlat bojini kamaytirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarorining istiqbolda qabul qilinishi fuqarolarning o`z huquqlarini himoya qilishni so`rab sudlarga murojaat qilish imkonini yanada kengaytiradi. Pirovard natijada nizolarning sud jarayoniga qadar etib borishi ularning adolatli xal etilishiga xizmat qiladi hamda davlat va jamiyat hayotida qonun ustuvorligining amalda ta’minlanishiga erishiladi.
Ikkinchidan, elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va global internet tarmogining kun sayin takomillashib hamda ommalashib borishi odil sudlovni yuritishning elektron shakllaridan keng tarzda foydalanish sud protsessi taraflari uchun har tomonlama qulayliklarni yaratadi.
Bu orqali odil sudlovni olib borishda samaradorlikning ortishiga va protsessual ishtirokchilar o`rtasida sansalorlik natijasida ortiqcha harajatlarning bartaraf etilishiga erishiladi.
Uchinchidan, sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Qonunchilikka kiritiladigan bunday o`zgartish va qo`shimchalar orqali sud organlari faoliyati tizimiga oid ma’lumotlar hamda sud xujjatlarining oshkoralig`ini ta’minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bo`lgan ishonchi va hurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida munosabatda bo`linishiga erishiladi.
Shuningdek, bu O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 29-moddasida mustahkamlangan fuqarolarning o`zlari istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish singari Konstitutsiyaviy huquqlaridan sud organlari faoliyatiga nisbatan foydalanish imkoniyatini yaratadi hamda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 30-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning o`z huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqlaridan samarali tarzda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida «jinoyatlari, kimga tegishliligidan qat`i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo`q qilib yuboriladi» degan qoida mavjud.
Mazkur kodeksning 203-moddasiga asosan, «Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko`rish yoki sodir etish uchun maxsus mo`ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir».
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo`lmagan hollarda mulk­ni olib qo`yish (vaqtinchalik olib qo`yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash maqsadga muvofiqdir.
Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi islohotlar natijasida sud qarorlarini ijro etish sohasi rivojlangani va yanada tako- millashib borayotganini alohida qayd etib o`tish joiz. Bu borada 2001 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi «Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek, sud qarorlarining o`z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mamlakatimizda sud qarorlarining o`z vaqtida, to`liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida 2009 yil 15 yanvardagi «Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga asosan sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 29 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-1900-son qarori qabul qilinishi o`z navbatida sud qarorlarining so`zsiz ijro etilishini ta’minlash, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning qadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud ijrochilarining mehnatini moddiy rag`batlantirish tizimi takomillashtirilishiga olib keldi.
Biroq sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlari ijrosi samaradorligini oshirishda ushbu qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarni etarli deb bo`lmaydi. Shu boisdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4850-son farmonining qabul qilinishi, sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishda muhim o`rin eg`alladi. Mazkur farmon bilan tasdiqdangan kompleks chora-tadbirlarning ettinchi ustuvor yo`nalishi «Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish»ga bag`ishlanib, unga ko`ra O`zbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual va xo`jalik prosessual kodekslariga kelgusida:
davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog`liq ishlarni ko`rib chiqishda sudyalarning da’voni ta’minlash choralarini qurish majburiyatini;
sud xal qiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash qismida sud xal qiluv qaroriga qo`yiladigan, uning to`g`ridan-to`g`ri amal qilishini ta’minlaydigan talablarni;
sudlar tomonidan ijro xujjatlarini yuborish muddatlarini; davlat byudjetiga undiruvlar bo`yicha ijro varaqalarini faqat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;
sud xal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, o`zgartirish to`g`risidagi murojaatlarni ko`rib chiqish, ish yuritishni to`xtatib turish, undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish tartibini belgilash yo`li bi­lan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati mexanizmlarini (ko`rib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muhokamasi tartibi, chiqariladigan xal qiluv qarorining shakli);
sud xujjatlari ijrosini kechiktirish va bo`lib-bo`lib ijro etish asoslari va ular- ning eng ko`p muddatlarini;
kommunal qarzdorlik bo`yicha sud buyrug`ini chiqarishi to`g`risidagi arizaga ilova qilinadigan xujjatlarning kengaytirilgan ro`yxatini (qarzni uzish to`g`risidagi talab, kommunal tarmoqdan uzib qo`yish dalolatnomasi, iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma, qarzdor tomonidan e’tirof etilgan qarzdorlik hisob-kitobi, ko`chmas mulk egasi to`g`risidagi ma’lumotnoma va boshqalar);
xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etishning aniq protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, taqdim etiladigan xujjatlar ro`yxati, sud muhokamasi tartibi, qarorni e’tirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Fuqarolarning odil sudlovga to`sqinliksiz erishishini ta’minlash. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o`z huquq va erkin- liklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Demak, sudlar manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo`li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Sudlar to`g`risida»gi qonunda va boshqa qonunlarda o`z ifodasini topgan.
Fuqarolarning odil sudlovga to`sqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga quyidagi imkoniyatlar berilishi kerak:
sud harajatlarining ko`p bo`lmasligi;
sud tomonidan davlat boji to`lashdan ozod qilinishi yoki ularni to`lashning kechiktirilishi;
malakali yuridik yordam olishga yo`l qo`yilishi;
fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo`lishi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning odil sudlovga to`sqinliksiz erishishini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, o`z navbatida, sudlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan fuqarolarni ta’minlashga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.




  1. Download 41.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling