4-mavzu. Qo’qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti Reja


Download 1.22 Mb.
bet15/23
Sana10.11.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1761520
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
slayd

Шайх ул-исломдиндорларнинг энг олий унвони бўлиб, 1818 йилда
Умархон томонидан жорий этилган.
- Хожа калон – фикҳ олими (ҳуқуқшунос) нинг фахрий унвони.
- Халифа – ўринбосар. Қўқондаги нақшбандия, қаландария, яссавия
тараққиётларининг раҳбарлари.
- Аълам – фақиҳ, олим ҳамда шариат қонун – қоидаларнинг
билимдони.
- Охунд – билимли ва мадрасада ўқийдиган киши.
- Судур – вақф мулкларининг даромадлари ҳамда ҳисоб – китобига жавобгар мансабдор.
- Ўроқ – вақф ерларининг хирож ва солиқларига масъул шахс, Ўроқ шаклидаги нишонни салласига тақиб юрган.
- Мударрис – мадрасада таълим берувчи устоз.
- Имом ва имом хатиб – масжид имоми ҳамда жума номозларида хутба ўқиб хизмат қиладиган имом.
- Муаззин – мусулмонларни намозга чақирувчи, азон айтувчи.
- Қози ул – қўззот – қозилар қозиси (адлия вазири).
- Қози калон – хонлик пойтахти ҳамда вилоятлар марказларидаги
қозилар ва қозихоналар устида назорат қилувчи амалдор.
- Қозии аскар – қўшин қозиси.
- Таракачи – мерос қолган мол-мулкларни меросхўрларга тақсимлаб (тарака) берувчи шахс.
Yer egaligi munosabatlari va soliqlar. Qo‘qon xonligi xo‘jalik hayotining asosini tashkil qiladigan soha dehqonchilik edi. Chunki xonlikning asosini tashkil etgan Farg‘ona vodiysida suv manbalarining yetarli darajada bo‘lganligi dehqonchilik xo‘jaligida mo‘l hosil bo‘lishni ta’minlagan. Xonlikda XVIII asrga qadar yerlarni sug‘orish uchun soylar va jilg‘alarning suvlaridan ham unumli foydalanilgan.
Xonlikdagi taxt uchun o‘zaro kurashlar hamda siyosiy tarqoqlik davom etayotgan bo‘lishiga qaramay XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim tumanlarning sug‘orish tarmoqlari ta’mirlangan va yangilari qazilgan. Chunki, xonlikda ip va gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni Rossiya va u orqali Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida ko‘plab sotila boshlashi, ularga bo‘lgan talabning tobora kuchayib borishi sug‘orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirishni taqozo qilar edi.
Shuning uchun ham XIX asr Qo‘qon xonligida, xususan, Farg‘ona vodiysining sug‘orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlangan. Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali, Namangan Yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Ulug‘nahr, Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan arig‘i va boshqa sug‘orish tarmoqlarining ko‘payishi, sug‘oriladigan dalalarning sezilarli darajada kengayishi hamda dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan.
Qo‘qon xonligida sug‘orish inshootlarini barpo etishning ma’lum tartib – qoidalari mavjud bo‘lgan. Chunonchi, sug‘orish tarmoqlari va ularni barpo etish ishlari ikki guruhga ajratilgan.
  • Birinchi guruhga hajm jihatdan kichik sug‘orish inshootlaridan foydalanuvchi qishloq aholisi ishtirok etgan. Ularga mahalliy mutasaddi kishilar, mirobboshilar boshchilik qilgan.
  • Ikkinchi guruh sug‘orish inshootlariga hajm jihatdan katta va yirik kanallar kiritilib, ularni bunyod qilish ishlariga xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchihasharchilar jalb etilgan. Bunday inshootlar qurilishiga bevosita xon yoki joylardan uning vakili boshchilik qilgan.

  • Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati O‘rta Osiyo xonliklariga xos bo‘lib, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan. Donli ekinlardan makkajo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib, u shahar va qishloqlarda kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hisoblangan. Shuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e’tibor berila boshlangan.
    Xonlik g‘arbiy qismining tabiiy sharoitida bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qo‘lay bo‘lgan. Janubi-g‘arbiy Xo‘jand, Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon, Rishton hududlari asosan o‘rik yetishtirishga to‘la ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg‘ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib, u tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan hisoblangan So‘x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun qadimdan o‘stirib kelinan.

Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalariniki hisoblanib, yerga egalik qilishning to‘rtta turi mavjud bo‘lib ular quyidagilar edi:
1. Xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari. 2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘lu-ko‘priklar. 3. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar (suyurg‘ol). 4. Vaqf yerlari – diniy muassalar, ya’ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli yerlar.
Manbalarga ko‘ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bo‘lib, u “zamini xos”, deb atalgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga berilgan. Yerni olgan kishi unga o‘z hisobidan ishlov berib, sug‘organ. Olgan hosilidan esa xonga soliq to‘lagan va bu soliq miqdori xiroj (xiroj – hosilning 1/5 dan 1/8 qismigacha tashkil etgan) dan ko‘proq bo‘lgan.
Yerga egalik qilishda mulk, ijara, urg‘u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling