4-mavzu: qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar


Alohida tovarlar bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini hisoblab chiqishning xususiyatlari


Download 95.37 Kb.
bet5/5
Sana30.05.2020
Hajmi95.37 Kb.
#111834
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan q


5. Alohida tovarlar bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini hisoblab chiqishning xususiyatlari
Alkogolli mahsulot bo‘yicha:

a) Alkogolli mahsulot bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i summasi belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq summasi bilan “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.

Tegishli hisobot choragi uchun korxona bo‘yicha hamda umuman respublika bo‘yicha alkogolli mahsulot bo‘yicha aksiz solig‘ining belgilangan xomcho‘tlari bajarilmaganda yoki ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha boqimanda mavjud bo‘lganda “O‘zvinosanoat-xolding” XK maxsus hisobvarag‘i o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqning bir qismi yoki hamma summasi xomcho‘tga yetmaydigan summa miqdorida byudjetga o‘tkaziladi va soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida hisoblangan soliq summasi sifatida aks ettiriladi.

Aksiz solig‘ini “O‘zvinosanoat-xolding” XK maxsus hisobvarag‘iga to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Alkogolli mahsulot bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi:

(1 litr uchun)





Ko‘rsatkichlar

Konyak

Aroq

Quvvatlan

tirilmagan vino



1.

Tayyor mahsulot tarkibida bo‘lgan spirt hajmi (%)

42

40




2.

Aksiz solig‘i stavkasi










a)

(suvsiz etil spirtining 1 litriga so‘mda)

4 000,0

2 660,0

-

b)

(tayyor mahsulotning 1 litriga so‘mda)

-

-

273,9

3.

Hisoblab yozilgan aksiz solig‘ining summasi










a)

(1-satr x 2a-satr/100)(tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

1 680,0

1 064,0




b)

(2b-satr) (tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

-

-

273,9

4.

"O‘zvinosanoat-xolding" XK maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan aksiz solig‘ining stavkasi










a)

(suvsiz etil spirtining 1 litriga so‘mda)

60,0

60,0

-

b)

(tayyor mahsulotning 1 litriga so‘mda)

-

-

12,0

5.

"O‘zvinosanoat-xolding" XK maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan aksiz solig‘ining stavkasi










a)

(1-satrx4a-satr/100)(tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

25,2

24,0

-

b)

(4b-satr) (tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

-

-

12,0

6.

Byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ining summasi










a)

(3a-satr - 5a-satr) (tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

1 654,8

1 040,0

-

b)

(3b-satr - 5b-satr) (tayyor mahsulotning 1 litri uchun so‘mda)

-

-

261,9

Masalan, 10 ming dal aroq sotilganida aksiz solig‘ining hisoblab yozilgan summasi (spirt bo‘yicha aksiz solig‘ini hisobga olmasdan) quyidagi miqdorni tashkil etadi: 1064 x 100000 = 106,4 mln so‘m, shu jumladan undan:

“O‘zvinosanoat-xolding” XK maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladigani: (24,0 x 100000) = 2,4 mln so‘m;

byudjetga to‘lanadigani: (1040 x 100000) = 104 mln so‘m.

O‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha:

b) Belgilangan tartibga muvofiq, oziq-ovqatda ishlatiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha, bundan salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog‘ mustasno, byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ining summasi bo‘lib umumbelgilangan stavka bo‘yicha hisoblab chiqilgan soliq summasi bilan maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda aksiz solig‘i summasi, korxona tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘iga doir boqimandalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, maxsus hisobvaraqqa yo‘naltiriladi. Maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladigan aksiz solig‘ining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Tozalangan o‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko‘rsatadigan bankda belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ini to‘lash bo‘yicha alohida hisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga har o‘n kunda, aksiz solig‘ini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Davlat soliq xizmati tuman organlarining rahbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan hamkorlikda, ular bo‘lmagan taqdirda esa tuman (shahar) hokimiyatlarining moliya bo‘limlari rahbarlari bilan hamkorlikda hisobot oyining yakunlari bo‘yicha, hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig‘i bo‘yicha boqimanda yoki ortiqcha to‘lov summasini aniq ko‘rsatgan holda prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar.

Aksiz solig‘i bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo‘lmagan taqdirda korxonaning maxsus hisobvarag‘ida to‘plangan summa dalolatnoma asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig‘i bo‘yicha boqimanda bo‘lmagan taqdirda yetishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona hisobvarag‘ida to‘plangan summa hisobiga byudjetga undiriladi, to‘plangan summaning qolgan qismi esa maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

O‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus hisobvaraqlarida to‘plangan pul mablag‘lari qat'iyan maqsadga ko‘ra ishlatiladi, ya'ni maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

Soliq solishdan bo‘shatib olingan mablag‘lardan maqsadga ko‘ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus hisobvaraqda to‘plangan mablag‘lar konvertatsiyaga yo‘naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag‘lar ikki bank kuni mobaynida hukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi kerak. Soliq solishdan bo‘shatib olingan mablag‘lardan maqsadga ko‘ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ining kelib tushishi va ko‘rsatilgan mablag‘larni kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirish to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi.

Aksiz solig‘ini o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Davlat soliq xizmati hududiy organlarining rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasiga yuklanadi.

O‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi:




Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

Summasi

1.

Korxonaning hisob-kitob (ulgurji) narxi (me'yoriy xarajatlar va foyda me'yori)

1 tonna uchun so‘mda

182900

2.

Aksiz solig‘i:

a) umumbelgilangan stavkada



1 tonna uchun so‘mda

495000

b) byudjetga to‘lanadigani

1 tonna uchun so‘mda

440550

v)"Yog‘moytamakisanoat” uyushmasiga o‘tkaziladigani (2a-satr - 2b-satr)

1 tonna uchun so‘mda

54450


Qisqacha xulosalar

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soliqqa tortish tizimiga ko‘ra aksiz solig‘i bilvosita soliqlardan hisoblanib, mahsulot, tovar bahosi tarifiga ustama shaklda qo‘yilib, iste'mol mahsulotining bahosining yuqori bo‘lishiga narx-navoni o‘sishiga bevosita ta'sir etadi. Aksizlar - tovarlar uchun qo‘yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bo‘lib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli ma'lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga qo‘shiladi. Aksizlar qadimda barcha davlatlar byudjeti daromadlarini shakllantirishda munosib xissa qo‘shib kelgan. Chunki aksizlar orqali davlat zarurati uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar tez va oddiy soliqqa tortish mexanizmi orqali undirish imkoniyati mavjud bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida aksizlar davlat moliyaviy resurslarining shakllanib borishida asosiy o‘rin tutadi. Alohida tovarlardan aksiz solig‘ini undirish zarurligi ulardan davlat byudjetini daromadlarini shakllantirishning qo‘shimcha manbai sifatida foydalanishdan tashqari, alohida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish uchun zarurligidir.

Bilvosita soliqlar xususan, aksiz solig‘i davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy soliqlardan bir bo‘lib, davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori soliq tushumlari ushbu soliqlardan tashkil topadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Aksiz tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?

  2. O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘i qachon joriy etilgan?

  3. Aksiz solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kimlar hisoblanadi?

  4. Aksiz solig‘i solish ob'ektiga nimalar kiradi?

  5. Aksiz solig‘i bo‘yicha qanday soliq imtiyozlari mavjud?

  6. Aksiz solig‘i stavkalari va hisoblash tartibi qanday?

  7. Aksiz solig‘i summasi byudjetga qanday muddatlarda to‘lanadi?

  8. Aksiz solig‘ini respublika byudjetiga o‘tkazish tartibi qanday?

  9. Bojxona yuk deklaratsiyasida aksiz solig‘ini aks ettirish tartibi qanday?


Asosiy adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi. Respublika Axborot-Maslahat markazi. -T.: 2006.

  2. Nalog na dobavlennuyu stoimost: Uchebno-prakticheskoe posobie./ N.V. Milyakov. – M.: KNORUS, 2006. – 208 s.

  3. Yutkina G.F. Nalogi i nalogooblojeniya: Uchebnik. – 5-ye izd., pererab. i dop. – M.: INFRA-M, 2006. – 509 s.

  4. Sbornik zadach po nalogam i nalogooblojenie: Uchebnoe posobie. / M.V. Vladыka, V.F. Tarasova, T.V. Saprыkina; pod obщ. red. V.F. Tarasovoy. – M.: KNORUS, 2006. – 360 S.

  5. Nalogi i nalogooblojenie: kurs-minimum, reshenie zadach. – M.: Ekonomist, 2006. – 336 s.

  6. Praktikum po nalogam i nalogooblojenie: uchebnoe posobie / kol.avt.; pod red. Prof. L.I.Goncharenko. – M.: KNORUS, 2006. – 208 s. 2 ekz.

  7. Toshmatov Sh.A., Komilov M.M. Qo‘shilgan qiymat solig‘i. -T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi. 2004.,5-27, 48-94,106-154 betlar.

  8. Zavalishina I.A. “Soliqlar: nazariya va amaliyot” T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2005. 101-159 betlar.

  9. Yahyoev Q. “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti” -T.: “Fan va texnologiyalar markazi”, 2003. 72-87 betlar.



1 Тошматов Ш.А., Комилов А.А. Қўшилган қиймат солиғи. Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси. -Т.:2004. 16-бет.

Download 95.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling