1.1. Bir qavatli binolar
Vinochilik va konserva korxonalari ko‘pincha bir qavatli bo‘ladi. Qayta ishlash sanoatida bir qavatli binolar uchun kuydagicha o‘lchamlar tasdiqlangan:
1) 60x72m yoki 72x144 sm, kolonnlar setkasi 18 x 12 m, seksiyalarning balandligi 4,8 yoki 6 m;
2) 60x24; 72x24 m; 60x48; 72x48 kolonnalar setkasi 12x6m seksiyaning balandligi 4,8 m;
3) 60 x 72; 72 x 72m; kolonnalar setkasi 12x 6m; seksiyaning balandligi 6m.
1.2.Ko‘p qavatli binolar
Ko‘p qavatli binolarning o‘lchamlari: 48 x 24; 4 x 36; 48 x 48; 60 x 24; 60 x 36; 60 x 48m; kolonnalarning setkasi 6 x 6m, qavatning balandligi 4,8m. Aloxida turadigan binolarning soni kam bo‘lishi shart. Binolarning qavatligi yonginga xavfsizlik darajasiga bog‘liq. A darajasi uchun-1 qavatli, B va V daajasi uchun 6 gacha, G,D,YE darajasi uchun cheklanmagan.
Ishlab chiqarish sexlar ko‘pincha to‘g‘ri turt burchak shaklida bo‘ladi. Sex eni ishlab chiqarish liniyalarning soniga qarab olinadi. Masalan, kalonnalar orasidagi 12 m masofada uch liniyani joylashtirish mumkin. Sex uzunligi liniyalarni uzunligiga qarab tanlanadi.
Sanitariya normalariga ko‘ra bir ishchiga keladigan sex maydoni 4,5 m2, xajmi 15m3 bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |