4-mаvzu. Sex tarkibini tanlashning asosiy tamoyillari. Reja


Download 36.22 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1278797
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza №4

sinfga o'rta mashinasozlik-dastlabki og'irligi 2000 kg gacha bo'lgan detallarga ishlov beruvchi sexlar kiradi.
sinfga og'ir mashinasozlik- dastlabki og'irligi 15000 kg gacha bo'lgan detallarga ishlov beruvchi sexlar kiradi.
sinfga o‘ta og'ir mashinasozlik-dastlabki og'irligi 15000 kg dan yuqori bo'lgan detallarga ishlov beruvchi sexlar kiradi.
Mexanika sexi tarkibi quyidagilardan iborat bo'ladi:
ishlab chiqarish bo'limi va uchastkalari;
yordamchi bo'limlar;
xizmat xonalari;
maishiy xonalar;
-jamoat tashkilotlari xonalari.
Mexanika sexining ishlab chiqarish bo'lim va uchastkalari texnologik jarayondagi detallarga ishlov berish uchun jihozlar va ish joylarini joylashtirish uchun, ba’zi hollarda mahsulot uzel- larini yig'ish uchun ham xizmat qiladi.
Sexning yordamchi bo'lim va uchastkalariga yordamchi bo'lim va omborxonalar kiradi. Bularga:
1. Tayyorlov bo'limi.
2. Charxlash bo'limi.
3. Nazorat bo'limi.
4. Ta’mirlash bo'limi
5. Moslamalar va asboblarni ta’mirlash ustaxonasi.
6. Sex ener- getigi ustaxonasi.
7. Sovituvchi suyuqlik tayyorlash va tarqatish bo'limi.
8. Qirindini qayta ishlash bo'limi.
9. Sex materiallar va zagotovkalar ombori.
10. Detallarning oraliq ombori.
11. Operat- siyalararo ombor.
12. Asboblar tarqatish ombori.
13. Moslamalar ombori.
14. Abrazivlar ombori.
15. Moylash materiallari ombori.
Yordamchi materiallar ombori.
Ishlab chiqarishning ko'lamiga asosan yuqoridagi bo'limlar va uchastkalar bir-biri bilan qo'shilib bir nechta sexlarga xizmat ko'rsatishi mumkin.
Sex xizmat xonalariga sexning texnik va boshqaruv organ xodimlari xonalari kiradi.
Maishiy xonalar tarkibiga yechinish va yuvinish xonalari, dush, tibbiy xizmat ko'rsatish xonasi, bufet, oshxona, sanuzel va chekish joylari kiradi.
Mexanika sexini loyihalashda ko‘riladigan asosiy masalalar
Mexanika sexlarini loyihalashda ma’lum bir ketma-ketlikda quyidagi asosiy masalalar hal qilinishi kerak:
Korxona ishlab chiqarish dasturi, chizmalar, konstruksiya bayoni va detalni tayyorlashga texnik shartlar asosida sexni loyi­halash uchun topshiriq ishlab chiqish.
Zagotovka turini taniash (texnologik jarayonni loyiha- lashda bajariladi); asosiy materiallar, zagotovkalar, yarimfabrikat- lar va yordamchi materiallarga bo'lgan yillik ehtiyojni aniqlash. Bu ma’lumotlar qo'shimcha ravishda quyish va temirchilik sexlari hamda material-texnik ta’minot sexlarini tashkil qilish maqsadida rasmiylashtiriladi.
Mashina detallariga mexanik ishlov berish texnologik ja­rayonlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish turini aniqlash va bu jarayonlarni tashkiliy shaklini ishlab chiqish.
Jihozlar turini aniqlash, ular quwati va sonini ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlash, dastgohlar yuklanishmi aniqlash.
Kerakli jihozlar, moslamalar va asboblar spetsifikatsiyasini va tavsifini tuzish.
Sexning elektr energiyasi, gaz, bug1, qisilgan havo va suv- ga bo'lgan umumiy extiyojini aniqlsh.
Kerakli ishchilar tarkibi va sonini aniqlash.
Sex uchun transport va ko'tarish qurilmalari turi va kerakli sonini aniqlash.
Sexda jihozlarni joylashtirish va sex maydonini aniqlash.
Yordamchi bo'lim, uchastka maydoni va jihozlarini hamda xizmat va maishiy xonalar maydonini aniqlash.
Sexni umumiy kompanovkalash, sex uchun asosiy bino- ning o'lchamlarini aniqlash, bino turini aniqlash, sex rejasini bosh reja bilan bog'lash.
Sexni boshqarish va texnik rahbarlar sxemasini ishlab chi­qish.
Loyihaning iqtisodiy qismini ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
Mexanika sexlarini loyihalashda hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy masalalarning eng murakkabi mahsulot detallarini tayyor­lash uchun texnologik jarayonni loyihalash va bu jarayonlarni bajarilishmi tashkil qilish shaklini ishlab chiqishdir.

Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling