4-mavzu. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash reja


 Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash. Kasbiy o’zlikni


Download 338 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana11.03.2023
Hajmi338 Kb.
#1260997
1   2   3   4   5   6   7
 
3. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash. Kasbiy o’zlikni 
anglashdagi ziddiyatlar 
 
“Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik qilish darajasi va 
aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko’nikma, tajriba va mahoratlarning 
shakllanishi va namoyon bo’lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida 
qo’llaniladi. Mehnat 127 sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy 
malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy 
shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik 
sifatlariga bo’lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo’lgan va uning 
kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yo’naltirilgan xususiyatlar majmuining 
me’yorlari sifatida qo’llaniladi”. Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini 
ajratib ko’rsatgan: “shaxsning o’zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus 
nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o’zini mutaxassis sifatidagi to’liq 
obrazi; kasb yordamida o’zini-o’zi rivojlantirish va etishmaydigan xususiyatlarning o’rnini 
qoplash qobiliyati va x.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy 
tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o’z ustida 
ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi 
qo’llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, 
psixologik, ijtimoiy va boshqa) qo’yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir.
Yuqori kasbiy malaka mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon 
bo’lishining muhim sharti hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada 
bo’lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. Ko’p 
qo’llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy etuklikni baholovchi 
me’yor bo’lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari 
yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o’ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi 
xususiyat sifatida qo’llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy 
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo’yicha tushuncha hamda 
bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi.
A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy 
shakllanishiga qaraganda ko’proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko’ra, kasbiy 
kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga 
oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o’zini-o’zi boshqarish 
va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, 
mutaxassis 
shaxsining 
rivojlanishidagi 
kompetentlikni 
ham 
ajratib 
ko’rsatadilar. 
Kompetentlikning yuqorida sanab o’tilgan turlari albatta bir insonni to’liq shaklda tavsiflashi shart 
emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin, lekin o’zini-o’zi boshqarish yoki 


shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo’lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada 
kasbiy kompetentlikka ega bo’la turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo’lishi mumkin. 
Aytish mumkinki, o’z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyani 
yo’nalganligi, ko’rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir 
etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan 
shartlangandir.

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling