4-mavzu. Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash reja


mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar


Download 338 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana11.03.2023
Hajmi338 Kb.
#1260997
1   2   3   4   5   6   7
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar. Mutaxassislik - kasbiy 
ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar 
komplektsi bo’lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy 
hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy 
yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi xam keng qo’llaniladi. 
Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va ish 
tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko’nikma va malakalar majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda “kasbiy shakllanish”, “kasbiy tayyorgarlik” 
kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Dastlab kasbiy shakllanish jarayonining 
pedagogik jihatlarini shaxs rivojlanish jarayonidan farqlab olishga e’tibor qaratildi. Birinchi 
holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish shakllaridan biri, ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish 
shaxsni rivojlantirish (mustaqil ta’lim va o’z-o’zini rivojlantirish jarayonlarida) vositasida sifatida 
qaraladi. Har ikki jihat o’rtasida «bir butun - qism» ko’rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv 


kabilardan iborat. Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga 
qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi. O’rganilgan 
barcha metodik xarakterga ega bo’lgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli 
ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o’quvchilarining kasbiy shakllanish 
jarayonini tabaqalashtirilgan ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida e’tirof etadi. Ushbu 
tadqiqotlarda kasbiy yo’naltirilganlikni shakllantirish maqsadida tabaqalashtirilgan ta’limning 
tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan ta’limning kasb tanlash 
motivatsiyasiga ta’siri qarab chiqilgan. Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri 
mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va 
jismoniy sog’lig’i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga 
mosligi darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi bu o’zining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb 
hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir - deb hisoblangan. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab ko’p darajali va ko’rinishli tizimli psixik 
shaklga ega bo’lib, birinchi navbatda odamning shaxsiy ko’rinishi asosiy o’rin egallaydi. Shu bilan 
birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog’liqni kasbiy faoliyat uchun 
zarur bo’lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday 
kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini ko’zda tutadi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tomonlarni ko’rsatish 
maqsadga muvofiq.

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling