4-mavzu. Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar (2soat)


Download 79.49 Kb.
bet8/17
Sana24.12.2022
Hajmi79.49 Kb.
#1052213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
МАЪРУЗА 4 (1)

Xarakter haqida tushuncha

Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual - psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.


Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko‘p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:

  • Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq.

  • Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.

  • Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:

    • diqqatning to‘planishiga;

    • harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga;

    • irodaviy zo‘r berishga;

    • usullar mahsuldorligiga;

    • aqlning ishtirokiga bog‘liq

Savol tug’iladi shaxsni qanday xususiyatlar orqali tasvirlash to’g’ri?
Xarakter – bir insonni boshqa insondan ajratib turuvchi belgilar tizimi. Xarakter quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Xarakter xususiyatlari insonda ko’p vaqt davomida o’zgarmas va barqaror bo’ladi. Masalan, 20 yoshli ziyofatga borishdan uyaladigan yigit 20 yildan keyin ham shunday ziyofatlarga borishdan uyalishi mumkin.

  2. Xarakter xususiyatlari inson umri davomida shakllanadi. Masalan, ishda ko’p vaqt boshliq lavozimida ishlagan odam boshqa joylarda ham o’zini boshliqlardek tutishi mumkin.

  3. Individuallik insonning turli xarakter xususiyatlari asosida shakllanadi. Masalan, bir oilada o’sgan ikki egzakning xarakter xususiyatlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Kordinal xususiyatlar – bu inson xulq-atvorini yo’naltiruvchu xususiyatlardir. Masalan, siyosatshunoslarning maqsadga intiluvchanligi ularning boshqa faoliyatlarini ham belgilab beradi. Olportning fikriga ko’ra, kordinal xarakter xususiyatlari inson hayotida muhum ahamiyatga ega. Lekin ko’p insonlarda xarakter xususiyatlari ichida ustuni mavjud bo’lmaydi. Buning o’rniga ularda ko’plab xususiyatlar bir xil darajada namoyon bo’ladi.

1. Markaziy xarakter xususiyatlari – inson xayotiy tajribasiga asoslangan xususiyatlardir. Har bir jamiyat boshqaruvchisida bu xususiyat mavjud bo’lishi maqsadga muvofiq.
2. Ikkinchi darajali xarakter xususiyatlari – ular markaizy xususiyatlarga qaraganda kamroq ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, insonlarning musiqa va kiyimlarga bo’lgan qiziqish va yoqtirishlarining turlicha bo’lishi.
Shaxs xarakter xususiyatlari uning miyasiga uzviy bog’liq bo’lishi mumkin. Inson miyasini o’rganish jarayonida ekstravertlarda intravertlarga nisbatan qo’zg’alish jarayoni past ekanligi aniqlangan. PET skaner tekshiruvi natijalariga ko’ra, intravertlarda dofalin neyroni aktivligi ekstravertlarga nisbatan past ekanligi kuzatilgan. Djer Kaganning fikriga ko’ra, bolalardagi tortinchoqlik va uyatchanlik ularning vegetative nerv sistemasi tormozlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Vegetativ nerv sistemasi faoliyati insonning stress va havotirlanish darajasini belgilovchi asosiy omil xisoblanadi. Semuel Goslining fikriga ko’ra, xattoki itlarda ham insonlar singari xarakter xususiyatlari mavjuddir. Masalan, aqlli itlar, mehribon itlar, vafodor itlar va h.k. Shuningdek, maymunlarda, shimpanze, arangutanlarda va qushlarda ham ularni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar mavjudligi tajribalarda kuzatilgan. Masalan, qo’rqmas qushlar o’z o’ljalarini tezda qo’lga kiritadilar.
Mashhur olim Kettel ham insondagi xarakter xususiyatlarini o’rgangan.U insondagi asosiy 16 ta xarakter xususiyatlarini ajratib o’tgan.

  1. Odamovi - muloqotchan

  2. Aqliy darajasi past - aqliy darajasi yuqori

  3. Og’ir bosiq - hissiyotlarga beriluvchan

  4. Ko’ngchan, tortinchoq - o’ziga ishongan, dadil

  5. Xushyor, muhokamali - beg’am, beparvo

  6. Foydani ko’zlovchi, mug’ombir - insofli, halol

  7. Uyatchan -

  8. Hisob kitobli, materialist - ko’ngli bo’sh

  9. Ishonchli - shubhali

  10. Realist - hayolparast

  11. Ochiq, dangalchi - mulohazali

  12. Tinch - sho’x

  13. Konservantor, an’anaviy - tajribachi, yangilikni yoqlovchi

  14. Boshqalar fikrini ustun qo’yuvchi - o’z fikrini ustun qo’yuvchi

  15. Odobsiz - odobli

  16. Xotirjam - asabiy.

Kettelning fikriga ko’ra, shaxs strukturasi turli vaziyatlarda namoyon bo’ladi. U shaxs xususiyatlarini 4 ta asosiy kategoriyaga ajratadi:

  1. Umumiy xususiyatlar – bu xususiyatlar dunyo aholisining katta qismida va ko’plab guruhlarda tarqalgan. Masalan, insoflilik, agressivlik, hamkorlik.

  2. Noyob xususiyatlar – bu xususiyatlarga ma’lum bir shaxslar ega bo’lishadi.

  3. Yuqori turuvchi xususiyatlar – bu xususiyatlar shaxslarning boshqa shaxlardan ustun turuvchi xususiyatlardir. Ular inson xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, bilimga bo’lgan intiluvchanlik, vijdoniylik, ishonchlilik.

  4. Fundamental xususiyatlar – bu inson xulq-atvorini belgilovchi asosiy xususiyatlardir.

Ayzenkning shaxs xususiyatlari klassifikatsiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Birinchi guruhning o’zi 3 qismdan iborat. Bu insonning o’z-o’zini boshqarish darajasini belgilovchi omillardir:

  1. Nevrotik – o’z-o’zini boshqara olmaydigan, kayfiyati tez o’zgaruvchan doimo havotirda yuradigan.

  2. Xissiy barqaror – sokin, ishonchli.

Ikkinchi guruh, ekstravertsiya intravertsiyanibelgilab beradi:

  1. Ekstravertlar odatda aktiv, sahiy va atrofdagi xodisalarga nisbatan impulsive bo’lishadi.

  2. Intravertlar esa, passiv, sokin va ba’zan atrofdagi xodisalarga nisbatan etiborsiz bo’lishadi.

Uchinnchi guruh, psixopotoligiyaga bag’ishlanadi. Bunga biz insonning boshqalar bilan qiladigan xulq - atvor munosabatlarini, insonning o’zgaruvchanligini va shaxs psixikasidagi og’ishlarni o’z ichiga oladi.
Bugungi kunda shaxs xususiyatlari tadqiqotchilari Ayzenk va boshqa datqiqotchilar ishlarini inkor qilishmaydi lekin ularning fikriga ko’ra, bu xarakter xususiyatlari shaxs xarakterini to’liq ochib bermaydi. Shu tufayli shaxs xarakterini aniqlovchi 5 ta asosiy faktor deb nomlangan jadval qo’llaniladi. Butun dunyo bo’ylab 56 millat vakillari bu jadval orqali guruhlarga ajratilgan.Bu faktorlar 29 ta tilga tarjima qilingan.Lekin bu tadqiqotlarning oxiri emas. Shaxs xususiyatlari bugungi kunda va kelajakda o’rganiladi.


Download 79.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling