4-mavzu: sinfdandan tashqari ishlarni tashkil etishda kasb tanlashga yo’llash bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasi amaliy mashg‘ulot bu
O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari
Download 18.78 Kb.
|
4-maruza
O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari
Mehnat ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi. O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabliy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabliy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-160S, yoz davrida esa 200S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabliy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi. Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan me’yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak. Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir. Yo‘llanma – mehnat faoliyati usullarini tushuntirish va ko‘rsatish hamda mehnat faoliyatlarini to‘g‘ri va xavfsiz bajarish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratiladi. Yo‘llanma darsning qismi (elementi)dir. Yo‘llanma (instruktaj)ga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi: Yo‘llanma jarayonida ta’limning har xil metodlaridan foydalanish. Yo‘llanma mazmunini o‘qituvchi asoslashi. Agar o‘qituvchining o‘quvchilar oldiga qo‘ygan topshirig‘i ularga tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchilar uni bajarish shartini ko‘pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar. SHuning uchun o‘qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak. Yo‘llanmaning to‘laligi va yo‘llanmani elementlarga ajratish. Mehnat topshirig‘ining qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo‘llanma butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin. Yo‘llanmada shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchi ular yordamida o‘z faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak. Kirish, joriy va yakuniy yo‘llanmalar bir-biridan farq qiladi. Yangi operatsiyani o‘rganish bo‘yicha kirish yo‘llanmasi operatsiya xarakteristikasini; mehant usullarini me’yoriy va sekinlashtirilgan sur’atlarda bajarish qoidalarini namoyish qilishni; o‘z-o‘zini nazorat qilish belgilarini; aniq mehnat vazifasini o‘z ichiga oladi. Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling