Joriy yo‘llanma: o‘quvchilar ishini to‘xtatish – xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining ishiga e’tibor berish, undan noto‘g‘ri ishlanganligining sababini tushuntirib berishini talab qilish, shu asnoda hamma o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish, o‘qituvchining xulosasi: o‘qituvchining to‘g‘ri usullarni ko‘rsatishi, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchining usullarini xotirada tiklashi, guruhga ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iboratdir.
YAkuniy yo‘llanma sifatli bajarilgan va noto‘g‘ri qilingan buyumlarni namoyish qilishni, o‘quvchilar ishining umumiy xarakteristikasini, o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar tahlilini, o‘quvchilar ishini baholashni o‘z ichiga oladi. Kirish instruktajlari ishlab chiqarish ta’limi dasturining mavzusi, mavzuchasi yoki bo‘limini o‘rganishdan oldin beriladi. Bularning vazifasi o‘quvchilarni o‘quv-ishlab chiqarish ishlarini ongli ravishda eng samarali usullar bilan bajarishga tayyorlash, brak va xatolarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishiga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |