Iv bob. Talab va taklif elastiklikligi


Download 0.6 Mb.
bet1/17
Sana24.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1718277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
IV BOB Mikro


IV BOB. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI1


4.1. Talab elastikligi
4.2.Taklif elastikligi
4.3. Talab, taklif va elastiklikning uch koʻrinishi
1. Talab elastikligi
Biz 3-boʻlimda talab tushunchasini koʻrib chiqqanimizda xaridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, oʻrin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir-birining oʻrnini toʻldiruvchi tovarlarning narxi pastroq boʻlganda koʻproq tovar xarid qilishadi. Bizning tovarlarga boʻlgan talabimiz narxga bogʻliq yoki boʻlmasligi mumkin. Biz oʻzgarish oʻlchamiga bogʻliq boʻlmagan talab qilingan miqdor koʻchish yoʻnalishlarini muhokama qilamiz. Bu oʻzgaruvchan miqdorlardagi oʻzgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini oʻlchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.
Talabning narx elastikligi va uning omillari
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz.
Oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrin bosuvchi tovarlar koʻproq elastik boʻladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga oʻtish ancha oson. Masalan, saryogʻ va margarin oson oʻrin almasha oladi. Saryogʻ narxining kichik miqdorda oʻsishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryogʻ miqdorining kamayishiga sababchi boʻladi.
Teskari ravishda, tuxumning oʻrin bosuvchisi boʻlmaganligi sababli tuxum uchun talab saryogʻnikiga qaraganda deyarli elastik emas.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling